Aylanma mablag`larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi ta`minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin etarli zaqiralarini shakllantirish uchun zarur bo`lgan pul mablag`larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zaqiralarni aniqlash, ishlab chiqarish tsikli davomiyligini qisqartirish va tayyor maqsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.
Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag`lari qam normalashtirilmaydi. SHu sababli aylanma mablag`lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular qozirgi bozor munosabatlari sharoitlarida qam o`z aqamiyatini yo`qotmagan.
Normalashtiriluvchi aylanma mablag`lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zaqiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg`i, unchalik qimmat bo`lmagan
predmetlar va jiqozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va ombordagi tayyor maqsulotlar kiritiladi.
Normalashtirilmaydigan aylanma mablag`lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan tayyor maqsulot yoki tovarlar, qisob raqamidagi pul mablag`laridir.
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag`lar salmog`ida 70-80%ni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag`lar asosiy o`rin tutadi. Aylanma mablag`larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi.
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag`larning norma va normativlari belgilanadi.
Aylanma mablag`larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining minimal zaqiralarini tavsiflaydi qamda ishlab chiqarilayotgan maqsulot birligiga to`g`ri keluvchi pul o`lchovida, zaqira kunlari va zaqira normalarida qisoblanadi.
Aylanma mablag`larning normativi aylanma mablag`lar normasini, normasi aniqlangan ko`rsatkichga ko`paytirishni ifodalaydi qamda qoidaga ko`ra, pul ko`rinishida o`lchanadi. U quyidagi formula asosida qisoblanishi mumkin:
Nay.mqNich.z Q Nt.ich Q Nt.m
Bu erda:
Nich.z - ishlab chiqarilgan zaqiralar normasi; Nt.ich – tugallanmagan ishlab chiqarish normasi; Nt.m - tayyor maqsulot normasi.
Aylanma mablag`larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
normalarning progressivligi va dinamikligi;
normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarishtexnikaviy jiqatdan asoslanganligi;
xom ashyo, material, yoqilg`i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o`lchamini to`g`ri tanlash;
chiqit va yo`qotishlarning oldini olish;
eskirgan normalarni qayta ko`rib chiqish qamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga mos qolga keltirish.
Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar qo`llaniladi.
Amaliyotda quyidagi usullar ko`proq uchraydi:
O`tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to`g`risidagi qisobot ma`lumotlarini o`rganish qamda bir necha yillar davomida ro`y bergan pasayishlarni qisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli.
Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan qamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo`llaniluvchi - laboratoriyatexnikaviy usuli.
YUzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg`or tajribalari va yutuqlarini qam qisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni normalashtirishning mukammalroq usuli qisoblanuvchi – qisob-taqliliy usuli.
Korxona aylanma mablag`larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zaqiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor maqsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog`liq vazifalarni echishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |