Microsoft Word конструкция doc qisqartirilgan doc



Download 3,39 Mb.
bet7/102
Sana25.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#702768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102
Bog'liq
KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI (2) iskasndar

3-jadval





Guruhlari

O‘tga chidamli materialning xili

Tarkibi

Suyuqlanish temperaturasi, oC

Ishlatilish joylari

Kislotali

Dinas g‘ishti

92-96% SiO2, 3-5% CaO,
Al2O3 va boshqalar

1690-1730

Bessemer konvertorida, kislotali marten
va elektr pechlarida

Kvars qumi va boshqa qumli gil materiallar

95-97% SiO2

1700

Kislotali metallurgik, pechlarining devor- lari va ayrim qismlarini ta’mirlashda

Asosli

Magnezit g‘ishti

90-95% MgO
1-2% CaO,
2-3% Fe2O3,
2% SiO2 va 1% Al2O3

2000-2400

Asosli konvertor, marten hamda elektr pechlar devorlari va tublarini ta’mir- lashda

Magnezit kukuni va boshqa MgO miqdori
ko‘p materiallar

96-97% MgO

2400 gacha

Asosli metallurgiya pechlarining tub- lariga va ta’mirlashda

Dolomit g‘ishti

52-58% CaO,
35-40% MgO va qisman SiO2, A12O3, Fe2O3

1800-1900

Asosli konvertor, marten hamda elektr pech devorlari va ularni ta’mirlashda

Xrom-magnezit

65-70% MgO va 30% gacha

2000 dan past emas

Marten va elektr pech shiplarida

Neytral

Shamot g‘ishti

50-60% SiO2 va 35-45% A12O3

1580-1750

Domna, kovsh devorlarida

Uglerodli g‘isht bloklar

Grafit, koks yoki antratsit ku- kunlari bo‘lib, bularda uglerod 92% gacha bo‘ladi.

2000 dan ortiq

Domna o‘txona tagliklarida, alyuminiy oluvchi elektroliz vanna devorlarida, mis qotishmalarni erituvchi tigellarda


1-rasm. Domna pechining umumiy ko‘rinishi (a) va uning zonalari
bo‘yicha temperaturaning taqsimlanish grafigi (b):
1 – koloshnik; 2 – yuklash apparati; 3 – trubalar; 4 – shaxta;
5 – raspar; 6 – zaplechik; 7 – o‘txona; 8 – furma; 9 – cho‘yan chiqish novi; 10 – shlak chiqish novi; 11 – temir ustun.


7-§. Domna pechining yordamchi uskunalari


Domna pechining asosiy yordamchi uskunalariga shixta materiallarni domnaga yuklovchi va uni qizdirilgan havo bilan ta’minlash uskunalari kiradi.


Domnaga shixta materiallarini yuklovchi apparat. Ma’- lumki, uzluksiz yillar davomida ishlovchi domna pechlarga bir sutkada ming-minglab tonna shixta materiallarini bir tekisda yuklab turilmog‘i uchun barcha ishlar mexanizatsiya- lashtirilishi lozim. 2-rasmda domnaga shixta materiallarini bir tekisda yuklovchi apparatning bir xilining sxematik tuzilishi keltirilgan.
Sxemadan ko‘rinadiki, shixta materiallari bilan (10–15 m3 gacha) to‘ldirilgan o‘zi ag‘daruvchi aravacha (2)lar pechning koloshnik maydonchasidagi varonka (3)ga qiya iz
(1) dan galma-galdan ko‘tarilib, shixtani yuklab turadi va u
yerdan esa shixta taqsimlovchi varonka (4) ga o‘tadi. Shixta materiallari bir maromda katta konus (7) ga yuklanishi uchun taqsimlovchi varonka (4) har gal shixta yuklangandan keyin kichik konus (5) bilan birgalikda mustaqil yuritmasi
(6) yordamida o‘z o‘qi atrofida 60, 120, 180, 240 va 300 larga aylanib turadi. Kichik konus (5) dagi massa ma’lum miqdorga yetganda u avtomatik ravishda pastga tushishida shixta katta konus (7) ga bir tekisda yuklanib, u yerdan esa domnaga o‘tadi.
Havo qizdirgichning tuzilishi va ishlashi. Domnadagi yoqilg‘ining jadal yonishini ta’minlash va uni tejash maqsadida domnaga haydaladigan havo havo qizdirgichda qizdiriladi. 3-rasmda havo qizdirgich-ning tuzilishi va ishlash sxemasi keltirilgan.

2-rasm. Domnaga shixta yuklash apparatining sxemasi:
1 – qiya iz; 2 – aravacha; 3 – qabul varonkasi; 4 – taqsimlovchi varonka; 5 – kichik konus; 6 – yuritma; 7 – katta konus;
8 – futerovka.

Havo qizdirgichning diametri 6–8 m, balandligi 20–40 m, sirtidan po‘lat list bilan qoplangan bo‘lib, uning ichki devorlari o‘tga chidamli shamot g‘ishtidan katak-katak qilib terilgan. Shu tufayli g‘ishtlar orasida sanoqsiz vertikal kanalchalar (6) bo‘ladi. Havo qizdirgichni ishga tushirish uchun gorelka (3) ga domna gazi va havo yuborilib, bu aralashma aralashgach yonish kamerasida yondiriladi.


4-rasmda domna pechining ishlash sxemasi keltirilgan. Havo qizdirgichning gorelkasiga (rasmda ko‘rsatilmagan) domna gazi va havo o‘z trubalari orqali (to‘sqichlar (5) va
(6) ochiqligida) yuboriladi. Gorelkada ular aralashib yonish kamerasida yongach, yonish mahsulotlari havo qizdirgich- ning kamerasi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarila borib, uni ma’lum temperaturagacha qizdira boradi.
Havo qizdirgichning devorlari 1300–1400oC gacha qizigandan keyin to‘sqich (6) ochilib, yonish mahsulotlari mo‘ri (4) orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
So‘ngra gaz va havo kiritiladigan yo‘llar (to‘sqichlar (5) va (6)) berkitilib, to‘sqich (6) ochilib, unga kompressor (3) dan truba (7) orqali sovuq havo haydaladi. Sovuq havo havo qizdirgichning o‘ta qizigan kataklaridan yuqoriga ko‘tarilib qizib boradi. Havo qizdirgichdagi havo 900–1000°C gacha qizigach, to‘siq (6) berkilib, qizdirilgan havo truba (8) va furmalar (9) orqali domnaga haydaladi. Bu vaqtda o‘ng yoqdagi havo qizdirgich (2) yuqorida ko‘rganimizdek qizdirilib boriladi. Shunday qilib, uning murvat jo‘mrak- larini boshqarishi bilan domnani uzluksiz ravishda qiz- dirilgan havo bilan ta’minlab turadi. Masalan, hajmi 2700 m3 bo‘lgan domnaning normal ishlashi uchun 1 sutkada 8 mln.m3 havo domnaga haydaladi.
Odatda, havo qizdirgich sovuq havoni 1 soat mobaynida zarur temperaturagacha qizdirib bera oladi. Demak, domnani uzluksiz ravishda qizdirilgan havo bilan ta’minlab turish uchun ketma-ket ishlovchi 3 ta havo qizdirgich kerak bo‘ladi. Ba’zan havo qizdirgichlarni tozalash yoki ta’mirlash zarurligini e’tiborga olib 4 ta havo qizdirgich o‘rnatiladi.



3-rasm. Havo qizdirgichning tuzilishi:
1 – po‘lat g‘ilof; 2 – o‘tga chidamli devor; 3 – gaz gorelkasi; 4 – sovuq havo keltirish trubkasi; 5 – gaz yonadigan kanal; 6 – katak-katak kanalchalar; 7 – yonish mahsulotlari chiqib
ketadigan kanal; 8 – qizigan havo keltirish trubkasi; 9 – mo‘ri.

4-rasm. Domna pechining ishlash sxemasi:
1 – domna pechi; 2,2’ – havo qizdirgichlar; 3 – kompressor; 4 – mo‘ri; 5 – gaz trubkasi; 5, urmalarga uzatish trubasi;
9 – furmalar.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish