Bu gradasiyadan kelib chiqib fondlar quyidagicha bo‘linadi: OO – obligatsiyalarning ochiq fondlari; OS – aralash investitsiya-
larning ochiq fondlari; OA – aksiyalar ochiq fondlari; OF – fondlar
ochiq fondi; OI – ochiq indeks fondlari; OD – pul bozori ochiq fondlari;
IO – obligatsiyalar interval fondi; IS – aralash investiyalar interval fond-
lari; IA – aksiyalar interval fondlari; IF – fondlarning interval fondlari;
II – Interval indeksli fondlar; ID – pul bozori interval fondlari; ZO –
obligatsiyalarning yopiq fondlari; ZS – aralash investitsiyalar yopiq
fondlari; ZA – aksiyalar yopiq fondlari; ZF – fondlarning yopiq fondlari;
ZI – yopiq indeksli fondlar; ZD – pul bozori yopiq fondlari; ZN – ko‘ch-
mas mulk yopiq fondlari.
Investitsion fondlar faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya 5
yilga beriladi. Lisenziyaning amal qilish muddati uni tugallanishigacha
lisenziya egasining arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Lisenziya mud-
50
datini uzaytirilganda, u lisenziya faoliyatini uzaytirish haqidagi arizada
ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi.