Microsoft Word Ko‚chmas mulkka investitsiyalash doc


Ko‘chmas mulkka investitsiyalashning xususiyatlari



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/132
Sana07.06.2021
Hajmi1,41 Mb.
#66006
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132
Bog'liq
595d8421e6513fac327059cdaa8b0878

Ko‘chmas mulkka investitsiyalashning xususiyatlari. Ko‘chmas 
mulk bozori investitsion faoliyat bilan uzluksiz bog‘liq. Investitsiyalar 
ko‘chmas mulkning ham birlamchi (yangi qurilish), ham ikkilamchi 
bozorida (obyektga mulkiy huquqni o‘tishi) yuz beradi.  
Investitsiyalar – investorning jamg‘armasi bo‘lib, daromad yoki 
boshqa biror foydali effekt keltira oladigan potensial xususiyatga ega, 
mulkni sotib olishga jalb etilgan bo‘ladi. 
Investitsion faoliyat – daromad yoki boshqa biror foydali effekt 
keltira oladigan potensial xususiyatga ega, mulkni sotib olish uchun jalb 
etilgan amaliy harakatlarni investor tomonidan bajarilishi. 
Ko‘chmas mulk bozorining o‘ziga xos mavjud xususiyatlari inves-
titsion faoliyatga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘chmas mulk regional bozorlari-
ning farqlari investitsion jozibadorlikda ham bilinadi. Potensial inves-
titsiyalash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda, u yoki bu rayonning inves-
titsion iqlimi to‘g‘risidagi ma’lumot tahlil etilishi lozim. Ko‘p holatlar-
dagi ko‘chmas mulkning baland qiymati va xaridorning moliyaviy 
imkoniyatlari mos kelmasligi, ko‘chmas mulk sohasiga uzoq muddatli 


 
45
investitsion manbalarni jalb etishning kamligi – bular hammasi ko‘ch-
mas mulk bozorining rivojlanishdan to‘xtatib turgan omillardir. 
Ko‘chmas mulkka investitsiyalashning asosiy maqsadlari: 
– davriy ravishda pul vositalarining oqimini olib turish, masalan, 
ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan; 
– kapitalni ko‘chmas mulk qiymatini oshirish hisobiga o‘sishi, oqibat-
da bozor baholarini o‘zgarishi, obyektlar rekonstruksiyasi va rivojlanishi; 
– obyektning kelgusida uzoq ekspluatasiya qilinishi; 
– egalikning so‘nggida obyektni sotib yuborishdan daromad olish. 
Ko‘chmas mulkka investitsiyalashning asosiy uch yo‘nalishini 
ajratib ko‘rsatiladi: turar-joy, yer uchastkasi va daromad keltiruvchi 
ko‘chmas mulk.  
Yer uchastkasiga jalb etishda tashqi omillarga bog‘liqlik yuqoridir: 
mahalliy hokimiyat qarorlar, ekologik va iqtisodiy omillar, yer qonun-
chiligidagi o‘zgarishlar. 
Turar-joyga investitsiyalash, uning maydonidan yashash uchun 
foydalanish imkoniyati, turar-joy uchun narxlar hisobiga vositalar o‘si-
shini ta’minlaydi. Turar-joy muammolari borligi uchun, turar-joy uchun 
potensial talabni balandligi, ushbu investitsiyalash yo‘nalishini joziba-
dorligi va istiqbolini ta’minlaydi. 
Daromad keltiruvchi ko‘chmas mulkka investitsiyalash yanada foy-
dali hisoblanadi. Daromadli ko‘chmas mulkni sotib olishning jozibadorligi 
operasion chiqimlarni tugatgandan so‘ng investitsiyadan qaytadigan da-
romaddadir. Biroq bu holatda jalb etilgan vositalarni qoplanishi muddati 
uzoqligi va ko‘chmas mulkning past likvidligidan risk katta bo‘ladi. 
Ko‘chmas mulk bozorida investitsiyalash usullari to‘g‘ridan to‘g‘ri 
va qo‘shimcha bo‘lishi mumkin: to‘g‘ridan-to‘g‘ri – xususiy shartnoma-
larga mos ravishda, ko‘chmas mulkni savdoda sotib olish, qayta ijara 
orqali xarid; qo‘shimcha – ko‘chmas mulkka investitsiyalashga ixtisos-
lashadigan shirkatlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish; ko‘chmas 
mulkka jalb etish, xuddi korporativ qimmatli qog‘ozlarga jalb etish kabi – 
uzoq muddatlidir. AQSHda ko‘chmas mulkka investitsiyalar korporativ 
qimmatli qog‘ozlardan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Rossiyada bu 
bozorning ommabopligi unchalik baland emas, shunga qaramay, bunda 
mos tendensiyalar mavjud. Qimmatli qog‘ozlarga nisbatan ko‘chmas 
mulkka investitsiyalashning bir qator afzalliklari mavjud. 


 
46
1. Dividendlari chorak bo‘yicha to‘lanadigan, korporativ qimmatli 
qog‘ozlardan farqli ravishda ko‘chmas mulkka egalik qilish, investorni 
oylik ijara to‘lovi hisobiga har oy naqd pul bilan ta’minlaydi.  
2. Ko‘chmas mulkka egalik qilishdan tushadigan daromadning pul 
oqimi, yuqori qarz kapitali ulushiga ega korporasiyaning daromadlari 
pul oqimidan ko‘ra tezligi pastroqdir:  
-  korporasiya daromadlarining pul oqimi, iste’molchilarning kun-
dalik qarorlariga bog‘liq holda bo‘lgan, mahsulotlarni sotish hajmiga 
bog‘liq bo‘ladi; 
-  korporativ pul daromadlarining manbalari vaqt o‘tishi bilan o‘z-
garishi mumkin, ko‘chmas mulkdan daromadlar manbalari esa ancha 
oson, ya’ni binolar ko‘chmas, aktivlar esa ham jismoniy ham yuridik to-
mondan o‘rnatilgan. 
3. Korporasiya daromadliligi stavkasi, ko‘chmas mulknikidan 
pastroqdir. Bu shu bilan bog‘liqki, ko‘chmas mulk aktivlarining intensiv 
ishi, biznesning ko‘pgina sohalari bilan taqqoslana oladi. Ko‘chmas 
mulkka investitsiyalangan asosiy kapital xarajatlarini yangilashda, foy-
dalilikni yanada yuqori darajasi talab etiladi. Ya’ni, investor kutgan 
daromad ko‘chmas mulkni ekspluatasiya qilish uchun xarajatlardan ba-
land bo‘lishi lozim. Foydalilik stavkasi, moliyaviy aktivlarga inves-
titsiyalashdan yuqori bo‘lishi lozim, bu esa ko‘chmas mulkka jalb etish-
ning yanada balandroq risklariga mos kelishi kerak.  
4. Ko‘chmas mulkka investitsiyalar aksiyalarga qaraganda ko‘proq 
saqlanganlik, xavfsizlik va investor nazorat qilishi mumkinligi bilan 
ajralib turadi. 
Investor motivasiyasi, bu jalb etilgandan ko‘ra ko‘proq summani 
olish imkoniyati va minimal riskda eng katta daromad bilan bir necha 
loyiha variantlariga ega bo‘lishdir. Buning uchun qancha pul vositalari 
summasini jalb etish, qachon va qanday hajmda daromad olinadi, 
investitsion loyihaning riski qanday va o‘xshash risk loyihalarining 
daromadliligi qandayligini tahlil qilib chiqish lozim. Investor tanlovi ku-
tilgan foyda va obyektni sotib olish uchun xarajatlar munosabatiga bog‘liq. 
Umuman, ko‘chmas mulkka investitsiyalash manbai va kattaligiga 
quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi: investitsiya uchun kutilayotgan daromad; 
bank foiz stavkasi; umumiy va investitsion sohadagi soliq siyosati; 
inflyasiya tezligi; risk darajasi. 
Ko‘chmas mulkka investitsiyalashni faollashtirish muammolari, 
uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimlarini rivojlantirish, bir vaqtda 


 
47
o‘lchov tizimlarini qabul qilishni talab etadi. Hozirgi sharoitda turar-joy 
ahvolini yaxshilash ulushli qurilishlar va turar-joyni keyin to‘lab berish-
lik sharti bilan sotish, qurilish jamg‘armalar tizimi, turar-joy jamg‘ar-
malari dasturini ishlashi, regional dasturlarninig mahalliy budjetlarni va 
korxonalarning o‘z xodimlari uchun turar-joy uchun ssudalar dasturlarini 
ishlatishi, ba’zi shaharlarda munisipal turar-joy obligatsiyalarini chiqa-
rish orqali amalga oshirilmoqda. 
Inflyasion jarayonlar ko‘chmas mulkka investitsiyalashga qanday 
ta’sir ko‘rsatishini ko‘rib chiqaylik. Bir tomondan, inflyasiya ko‘chmas 
mulkka kiritmalarni faollashtirishga olib keladi. Ko‘chmas mulkka 
inflyasiya sharoitida jalb etish jozibadorligi sabablari: 
-  pullarning kredit muassasalarida juda past saqlanishlik natijasida 
tez qadrsizlanishi; 
-  bank stavkasini inqiroz darajasiga ko‘p hollarda mos emasligi; 
-  investitsiyalash yo‘nalishlarining yanada daromadlilarini chek-
langanligi; 
-  turar-joyga investitsiyalashning oddiyligi; 
-  daromad keltiradigan ko‘chmas mulkka investitsiyalash, bu sha-
roitda ijara to‘lovini oshirib yuborishi mumkin, bu bilan kiritilgan vo-
sitalarni saqlab qoladi. 
Bir tomondan, inflyasiya sharoitlarida pullarni boshqa sohalarga 
jalb etishni jonlantiruvchi holatlar ham mavjud: real daromadlar tushadi, 
investor uchun kutilgan foyda va xarajatlar munosabatini bashorat qilish 
qiyinlashadi, uzoq muddatga kredit olish qiyin, bular esa potensial xari-
dorlarda moliyaviy manbalar yetishmasligiga olib keladi. 
Iqtisodiyotning yuqori inflyasiya tezligi bilan zamonaviy rivojla-
nish bosqichlarida sezilarli risklarga uchragan, oqibatda bu hol ko‘ch-
mas mulk bozorida investitsion faollikni pasayishiga olib keladi. Inves-
titsion manbalarni cheklanganligi, barcha iqtisodiy tarmoqlarda qurilish-
larni amalga oshirish jarayonlarini olib keldi. 
Lekin ko‘chmas mulk bozori quyidagi sabablar bo‘yicha potensial 
investorlar uchun jozibador hisoblanadi: ko‘chmas mulk investitsiyalash 
ma’lum darajadagi saqlanganlik, xavfsizlik va investor tomonidan nazo-
rat qilish imkoniyati bilan ifodalanadi; ko‘chmas mulkni sotib olish 
paytida investor huquqlar paketini qo‘lga kiritadi, bu vaqtda boshqa 
ko‘pgina investitsiyalash obyektlari mulkiy huquqlarga ega bo‘lmaydi; 
ko‘chmas mulk jalb etish vositalari inqirozdan saqlash imkonini beradi; 
katta o‘lchovga ega ko‘chmas mulk bozori kam o‘zlashtirilgan; ko‘ch-


 
48
mas mulkka investitsiyalashning yuqori riski bu bozordagi operasiyalar 
daromadliligini bildiradi. 
Hozirgi kunda jahonda ko‘chmas mulkka investitsion faollik pa-
saygan. Hatto turar-joy bozori, ko‘chmas mulk bozorining faol segmenti 
hisoblana turib, aholining to‘lovga qobiliyatini qo‘llab-quvvatlovchi va 
aholining yashash sharoitlarini yaxshilashning ilojini qiladigan mos kredit-
moliyaviy mexanizmlar bilan ta’minlanmagan. Ko‘chmas mulkni moliya-
lash jarayoni barcha qatnashchilarining manfaatlarini muvozanatlash – 
ko‘chmas mulk bozorini normal ishlashini zaruriy ta’minlovchidir. 
Ushbu huquqiy tuzulmani ko‘chmas mulkka investitsiyalashning 
haqiqiy vositasiga tegishli turli xususiyatlar mavjud: 
1. Qonuniy cheklovlar va davlat tuzilmalari tomonidan qat’iy na-
zorat, investitsiyalash tashkiloti bilan bog‘liq risklardan jalb etuvchilar-
ning himoyasini talab etadi. Payli fondlar tarixi bo‘yicha biror marta 
qalloblik yoki jalb etuvchilarni aldash sodir etilmagan. 
2. Soliq rejimi. 
3. Yopiq payli fondlar tuzumi paychilar uchun doimiy daromad 
topish imkonini qidiradi. 
4. Ikkilamchi bozor mexanizmlari orqali investitsion jarayondan 
zudlik bilan chiqish imkoniyati (masalan, paylarning birja aylanmasi 
(MMVB)). 
Ochiq va intervalli pay investitsion fondlar bilan solishtirilganda, 
yopiq fondlar o‘z xususiyatiga ega bo‘ladi:  
-  YPIF tomonlar miqdorini emas, faqat paylar sonini cheklaydi; 
-  paychilar fond qoidalariga o‘zgartirish kirita oladilar; 
-  YPIF keng investitsion deklarasiyaga ega; 
-  Pay bo‘yicha har yili daromadlar to‘lanishi mumkin, agar u fond 
qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan bo‘lsa. 
Yopiq payli investitsion fond – ko‘chmas mulk investitsiyalash bo-
zorida ishlash uchun maxsus vositadir, chunki uning aktivlar tarkibiga 
ko‘chmas mulk ham, ko‘chmas mulk uchun huquqlar ham kirishi mum-
kin. Mulk tarkibiga nafaqat pul, balki qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk 
va ko‘chmas mulk uchun huquqlar ham kiradi. YPIF o‘rnatilgan mud-
datlarda vositalarni jamlashga imkon beradi, bu esa ko‘chmas mulkka 
investitsiyalash vazifalariga mos keladi. 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish