Ta’sirchanlik tahlili bir parametr o‘zgarishiga investitsiyalarning
analitik modeli ta’sirchanligi tahliliga asoslangan. Aytilishicha, eng katta
riskni – o‘zgarishi natijaga eng sezilarli ta’sirni beruvchi omillar ko‘rsatadi.
Ta’sirchanlik tahlili o‘zgarishi mumkin bo‘lgan har qanday ele-
mentga qo‘llanishi mumkin.
Monte-Karlo usuli. Ta’sirchanlik tahlili faqatgina bir o‘zgaruvchi-
dagi o‘zgarishlarni hisobga olishga imkon beradi. Monte-Karlo usuli esa –
o‘zgaruvchilarning mumkin bo‘lgan barcha o‘zgaruvchilarining tahlili
deganidir. Ushbu usulni qo‘llash uchun murakkab kompyuter modellari
kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |