Kasbiy tanlovning psixologik tomonini asosiy vazifalari quyidagilar:
Qobiliyatlar va kasbiy muhim bilim, ko‘nikma va malakalarning diagnostikasini o‘tkazish;
Olingan ma’lumotlarni kasbiy talablar bilan muvofiqligi;
Ushbu shaxsning mazkur kasbda faoliyat yuritishi muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz kechishini oldindan prognoz qilib xulosa berish.
Kasbiy tanlov jarayonida kasbiy yaroqlilik xam aniqlanadi. Kasbiy yaroqlilik u yoki bu mehnat faoliyatiga yaroqlilik bilan belgilanadi. Kasbiy yaroqlilik bu mehnat faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zurur bilim, ko‘nikma, malakalar hamda psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini majmuidir. U yosh, malaka, kasbiy qobiliyatlar, motivasiyaga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |