Kasbiy tanlovning uchinchi jihati – shaxsning stressga barqarorligini tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning o‘zi yo‘q. Har qanday kasbda tezkor va nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yuzaga kelishi mumkin.
Ta’lim dasturlarida ko‘pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko‘nikmalarini shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish joylarida xodimlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta’minlaydi.
B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv tavsifnomasini yetarli darajada ta’minlab beruvchi qator uzviy bosqichlarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |