Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Download 382,33 Kb.
bet63/94
Sana08.02.2022
Hajmi382,33 Kb.
#435776
TuriУчебное пособие
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
Bog'liq
Kasbiy psixologiya

Nazorat uchun savol va topshiriqlar





  1. Kasbiy tanlov tushunchasining mohiyati yoritib bering.

  2. Kasbiy tanlovga qanday omillar ta’sir etadi?

  3. Kasbiy tanlov psixologik tomonining asosiy vazifalari qanday?

  4. Kasbiy tanlov jihatlarini yoritib bering.

  1. KASBIY FAOLIYATNING INDIVIDUAL STILI Reja


  1. Kasbiy sifatlar tushunchasining mazmuni.

  2. Kasbiy sifatlar masalasini o‘rganilish holati.

  3. Umumiy va maxsus qobiliyatlar.

    1. Kasbiy sifatlar tushunchasining mazmuni


Kasbiy sifatlar insonning butun umrida unga hamroh bo‘ladigan va hayot faoliyati davomida muhim o‘rin tutadigan “Men kimman?” degan ongli savolga asosiy e’tiborni qaratadi. Taraqqiyot esa kasbiy o‘sishga, ishning sifatini ortishiga, izlanishlardagi kashfiyotlarga, qaror qabul qilishdagi egiluvchanlikka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kasbiy shakllanishda kasbiy sifatlar va taraqqiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir: kasbiy sifatlar bir tomondan kasbiy taraqqiyot jarayonida shakllansa, boshqa tomondan –shaxsning mutaxassis sifatida namoyon bo‘lishining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Amaliy jihatdan bu quyidagilarni anglatadi: yangi ijtimoiy-iqtisodiy dinamik sharoitda o‘z sha’niga ega bo‘lish uchun, raqobatda sinmaslik uchun, farovon kelajakni ta’minlash uchun mutaxassis doimiy rivojlanishda bo‘lishi, qolaversa, ijtimoiy va mehnat sharoitida o‘zining
mavqeini tahlil qilib borishi lozim. Kasbiy sifatlar muammosiga qiziqishlarning ortishiga qaramasdan, bu fenomenning tabiati, tuzilishi, dinamikasi va funksiyalari haqidagi savollar bir qancha chalkashliklarga egadir. Bunga asosiy sabab bu muammoning, ayniqsa, shaxs umumiy tuzilishida kasbiy sifatlar o‘rnida qo‘llaniluvchi ijtimoiy sifatlarni kam o‘rganilganligi bilan bog‘liqdir. Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilish uchun eng avvalo bu voqelik shaxs sifatlari tizimida qanday o‘rin egallashini, qolaversa, shaxsning kasbiy va ijtimoiy o‘z- o‘zini anglashida qanday rol o‘ynashini tushunib olish lozim.
Xorij manbalarida kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishga nisbatan ikkita yo‘nalish ko‘rsatib o‘tilgan: birinchisi kasbiy taraqqiyotga, shaxsning o‘z ustida ishlashiga yo‘naltirilgan, ikkinchisi esa, kasbiy shakllanishning ijtimoiy tomonlari va omillariga yo‘naltirilgandir.
M.Argayl 1970 yillarning boshlaridayoq kasbiy sifatlar va individning kasbiy shakllanishi orasidagi bog‘liqlik haqida yozib qoldirgan. Shu bilan bir qatorda o‘zida quyidagilarni mujassamlashtirgan murakkab jarayon sifatida ko‘rib chiqilgan: kasbiy treninglar, faoliyatni amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar va standartlarni o‘zlashtirish, kasbiy guruh doirasida xulq-atvor normalarini tushunish va boshqalar. Aynan mehnat jamoasidagi boshqa shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik individga o‘zi egallab turgan kasbning aniq standartlarini o‘zlashtirish imkonini beradi.
Dj.Sonenfeld kasbiy sifatlar kasbiy taraqqiyot jarayonida yuzaga kelishi va shakllanishini aytib o‘tgan. Kareraning o‘sishi turli kasbiy sifatlarning o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Alohida, xususiy kasbiy sifatlardan biroz umumiyroq konseptual sifatlarga o‘tish sodir bo‘ladi. Aynan konseptual sifatlar lavozimidagi o‘sishni va kasbiy taraqqiyotning bosqichini aniqlab beradi.
R.Finchman ishlarida asosiy e’tibor kasbni egallash jarayonida kasbiy talablar, axloqiy normalar, qadriyatlarni anglashga qaratiladi. Kasbiy sifatlarining shakllanish jarayoni insonga kasbiy o‘z-o‘zini boshqarish imkonini beruvchi kasbiy taraqqiyot davomidagi individual xususiyatlar va ijtimoiy ta’sirlarning o‘zaro muvofiqligi sifatida namoyon bo‘ladi.
S.Djoshli o‘zining ijtimoiy tadqiqotlarida Rim aholisining kasbiy sifatlari va mavqeini tahlil qilib, shunday xulosaga kelgan: kasbiy sifatlar faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, kasbning rasmiy va norasmiy mavqeining o‘zaro muvofiqligi asosida shakllanadi. Faoliyat haqidagi mavjud tasavvurlar bilan muvofiq kasb nomlari o‘ziga yarasha me’yoriy talablarga egadir va shuning uchun ham o‘z- o‘zidan shaxsga ma’lum ma’noda ta’sir o‘tkazadi. Faoliyat mazmunidan tashqari kasbiy sifatlarga munosabatlar tizimi, insonning boshqalar bilan o‘zaro hamkorligi ham ta’sir qiladi.
K.Mak-Goven va L.Xartlar asosiy urg‘uni o‘z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun talab etiladigan maxsus bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni qamrab oluvchi ijtimoiy o‘rganish jarayoniga qaratadilar.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g‘oyasi “psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to‘laligicha aks ettirilgan bo‘lib, u kasbiy taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog‘liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so‘ng ommalashib ketdi. Faoliyat va o‘zaro hamkorlikni o‘zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar guruhining o‘zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazadi.
Kasbiy sifatlar muammosini tadqiq qilishda kasbiy muhit ta’sirida inson o‘zining verbal va noverbal xatti-harakatini qayta qurish vaziyatlari batafsil yoritilgan adabiyotlarga e’tibor qaratish lozim. Shunday qilib, inson xulq- atvorining faoliyat va mehnat jamoasi talablari bilan muvofiqligini tadqiq qilish Dj.Xollandning tipologik nazariyasi, faoliyatga yaroqlilik nazariyalarida o‘z aksini topdi. Bu yondashuvlar doirasida faoliyat va ijtimoiy muhitning mehnat natijasi va mehnattdan qoniqqanlikka, individual salomatlik va boshqalarga ta’sirining turli aspektlari o‘rganilgan.
A.Mishel va S.Vortning bank xodimlarida olib borgan tadqiqotlarida kuzatishimiz mumkin. Bunda mualliflar umumiy faoliyatdagi hamkasblarning qiziqishlari qanday qilib yangi kasbiy sifatlarning yuzaga kelishi, shaxsning individual sifatlari va kognitiv jarayonlari o‘zgarishiga ta’sir qilishini ko‘rsatib berganlar. Mualliflar “Men”ni tushuntirish uchun kognitiv yoki ijtimoiy madaniy omillarni qo‘llash lozimligini ta’kidlaydilar. Ularning ishlarida kasbiy sifatlar guruh madaniyatining tashkiliy darajasiga o‘zaro ta’sir qiluvchi u yoki bu omillarning ta’siri ostida shakllanadi.
Kasbiy sifatlar boshqa insonlar bilan suhbat jarayonida namoyon bo‘ladi va sub’ektlarning muloqotchanlik harakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqa nuqtai nazarga ko‘ra kasbiy sifatlar – bu dinamik, shu bilan bir qatorda muvozanatlilik jarayonidir. Har bir davrda ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlar ta’sirida inson o‘ziga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda inson ba’zida tarixdagi voqeliklarni inkor eta olmaydi. Amerikalik sotsiologlar P.Berger va T.Lukmanlarning ta’kidlashicha, kelajakda barcha ijtimoiylashgan insonlar “o‘zlariga hiyonat” qiladilar. Shaxsiy xoinlik aynan “Men”ni u yoki bu vaziyatda qanday bo‘lganligiga bog‘liq.
O‘zining yangi sifatlarini qabul qilish va kasbiy sifatlarini qayta qurish uchun ma’lum vaqt talab qilinadi. P.Vaynrich o‘zining tadqiqotlarida Dj.Kellining shaxs tuzilishi testining zamonaviy interpretatsiyasini qo‘llab, repertuarlar yacheykasi texnikasi yordamida kasbiy sifatlar tuzilishini tahlil qilib beradi. Kasbiy sifatlar tuzilishi o‘zida asosiy uchta blokni mujassamlashtiradi: elementlar tizimi, o‘zaro ta’sir holatlari tizimi va mavjud faoliyatlar tizimi; birinchi va uchinchi tizimlar kasbiy sifatlar tuzilishining asosiy komponenti hisoblanadi. Shaxs tuzilishi normativ madaniy ahamiyatlilik darajasidan kelib chiqqan holda sodir bo‘lib, u individual biografiya bilan shartlangan muhim xususiyatga egadir. Shuning uchun ham shaxs konsepsiyasi va faoliyatida ijtimoiy va predmetlar olamini eksperimental tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy ustanovkalar namoyon bo‘ladi.
Shaxsiy taraqqiyot va kasbiy shakllanishning ijtimoiy kontekstini
muvofiqligi muammosi kasbiy sifatlarni tadqiq qiluvchi jahon olimlarining ishlarida ham o‘z aksini topgan.
L.B.Shneyder asos solgan kasbiy sifatlarni tadbiq qilishning zamonaviy yo‘nalishida ushbu fenomen kasbiy o‘z-o‘zini anglash sifatida ko‘rib chiqiladi, bunda shaxs o‘zini muayyan bir kasb va mehnat jamoasining vakili sifatida anglaydi, o‘z menining kognitiv emotsional hulq – atvor jihatidan tavsiflashda o‘zini ishini boshqalardan farqli ekanligini aniqlaydi.

    1. Download 382,33 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish