Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


-MAVZU: O’QITUVCHI PSIXOLOGIYASI



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet552/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   548   549   550   551   552   553   554   555   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

32-MAVZU: O’QITUVCHI PSIXOLOGIYASI 
REJA: 
32.1. Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari. O’qituvchiga   qo’yiladigan talablar. 
32.2. O’qituvchining kasbiga xos xislatlari. 
32.3. Pedagogik qobiliyatlar. 
32.4. O’qituvchining o’z malakasini oshirib borishining muammolari. 
 
32.1. Jamiyatda o’qituvchining tutgan o’rni va vazifalari. O’qituvchiga qo’yiladigan 
talablar 
O’qituvchining  o’rni  va  uning  vazifalari,  o’sib  kelayotgan  yosh  avlodni  tarbiyalash  ishiga 
jamiyat  va  jamoatchilik  tomonidan  z'tibor  qaratilishining  na?adar  muhimahamiyatga  egaligi 
aniqlanadi.  Mamlakatimizda  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"ni  hayotga  tatbiq  etish  jarayonida 
o’qituvchining  yosh  avlodga  ta'lim  va  tarbiya  berishida  jamiyat  oldida  javobgarligi  yanada  ortib 
boraveradi. 
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo’yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va 
bu talablarni amalda to’g’rihalqilishvazifasi o’qituvchiga bog’liqdir. 
Zamonaviy maktab o’qituvchisi qatorvazifalarni  bajaradi. O’qituvchi -- sinfdagi o’quv jarayoni 
tashkilotchisidir.  O’qituvchio’quvchilar  uchun  dars  paytida,  qo’shimcha  darslarda  va  shu  bilan  birga 
darsdan  tashqari  holatlarda  hamkerakli  maslahatlar  berishda  bilimlar  manbaidan  biridir.  Ko’pchilik 
o’qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo’lib hisoblanadilar. 
Zamonaviy  o’qituvchi  ijtimoiy  psixolog  bo’lishi  kerak  va  o’quvchilar  o’rtasidagi  o’zaro 
munosabatlarni  yo’lga  sola  olishi,  bolalar  jamoasida  ijtimoiy-psixologik  mexanizmlardan 
foydalanishni bilishi zarurdir. 
O’qituvchi  maktabning  pedagog  jamoa  a'zosi  sifatida  maktab,  hayoti  faoliyatini  uyushtirishda 
bevosita  ishtirok  etib,  turli  fan  o’qituvchilari  va sinf  rahbarlarining  metodik  birlashmalarida  ishlaydi, 
topshiriqlarni  bajaradi.  Har  bir  o’qituvchi,  o’quvchilarning  ota-onalari  va  jamoatchilik  oldida 
ma'ruzalar  o’qib,  suhbatlar  olib  borar  ekan,  demak,  u  pedagogik  bilimlar  targ’ibotchisi  hamdir. 
Vazifalarning  shu  qadar  ko’pligi  uchun  ham  jamiyatning  o’qituvchilar  oldiga  qo’yadigan  talablari 
tushunarlidir. 
Ma'lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. 
Jamiyat  tomonidan  qo’yiladigan  talablardan  eng  muhimi  o’qituvchining  shaxsi  va  uning  kasbi 
bilan bog’liqxislatlariga qaratilgan. 
O’qituvchining eng muhim qislatlari quyidagilardan iborat: 
- o’qituvchining  o’z  Vataniga  sodiqligi,  bolalarni  sevishi,  ularni  insonparvarlik  ruhida 
tarbiyalash istagi, o’z yurti, ona tilisi, o’z halqining  tarixi  va uning  madaniyatini  sevishi,  davlatining 
mustaqilligi g’oyasida yashashidan iboratdir; 


388 
 
- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; 
-  oliyjanobligi,  aqli,  farosati,  ma'naviy  pokligi,  ma'naviyat  va  ma'rifat  bo’yicha  yuksak 
maqsadlarni bolalarga singdirib borishi; 
- o’zini qo’lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir. 
 Jamiyatning o’qituvchi oldiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagilardir: 
- shaxsni    ma'naviy    va    ma'rifiy    tomondan    tarbiyalashning,  milliy  uyg’onish  mafkurasining 
hamdaumuminsoniy  boyliklarning  mohiyatini  bilishi,    bolalarni    mustaqqillik    g’oyalariga    sodiqlik 
ruhida  tarbiyalashi,  o’z  Vatani  tabiatga  va  oilasiga  bo’lgan muhabbati; 
- keng bilimga ega bo’lishi, turli bilimlardan xabardor bo’lishi; 
-  yosh  va  pedagogik  psixologiya,  ijtimoiy  psixologiya  va pedagogika,  yosh  fiziologiyasi  
hamda maktab  gigienasidan  chuqur bilimlarga ega bo’lishi; 
- o’zi dars beradigan  fan  bo’yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi,  sohasi  bo’yicha  
jahon  fanida  erishilayotgan  yangi  yutuq  va kamchiliklardan xabardor bo’lishi; 
- ta'lim va tarbiya metodikasini egallashi; 
- o’z ishiga ijodiy yondashishi; 
- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi; 
-  pedagogik    texnika    (mantiq,  nutq,  ta'limning  ifodali  vositalari)  va  pedagogik  taktga  ega 
bo’lishi; 
- o’z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. 
Har bir o’qituvchi ana shu talablarga to’la javob bera oladigan bo’lishiga intilishi shart.  
O’qituvchi  jamiyat  tomonidan  qo’yilgan  talablar  bilan  bir  qatorda  o’z  faoliyatida,  tevarak-
atrofidagi  kishilar,  maktab  ma'muriyati,  hamkasblari,  o’quvchilar  va  ularning  ota-onalari  undan 
nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim. 
O’qituvchining o’z ishidan nimanidir kutayotganligining o’ziyoqmuhimahamiyatga egadir, mana 
shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan talablarga kelsada, o’ziga 
xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Lekin bu talablar hamma vaqtham bir-biriga mos kelmasligi mumkin.  
Psixologlar  tomonidan  olib  borilgan  tadqiqotlarning  ko’rsatishicha  halq  ta'limi  bo’limlari  va 
maktab  direktorlari  o’qituvchining  ayrim  xislatlari  naqadar  muhimligini  har  xil  baholaydilar. 
Jumladan,  xalqta'limi  bo’limlarining  mudirlari  o’qituvchidan  birinchi  navbatda  o’z  fanini  yaxshi 
bilishini  va  dars  berish  metodikasini  mukammal  o’zlashtirishini  talab  qilsalar,  maktab  direktorlari 
o’qituvchiga  qo’yiladigan  bunday  talablarni  uchinchi  o’ringa  qo’yadilar.  Shu  bilan  birga  xalq  ta'limi 
bo’limlarining  mudirlari  o’qituvchilarning  o’quvchilar  va  ota-onalar,  maktab  jamoasi  bilan 
qandaymuloqatda bo’lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga  unchalik e'tibor bermaydilar. 
Maktab  direktori  esa,  bunday  xislatlarni  o’qituvchi  shaxsiga  qo’yiladigan  talablar  ichida  birinchi 
o’ringa qo’yadilar. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   548   549   550   551   552   553   554   555   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish