Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


 O’qituvchining kasbiga xos xislatlari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet553/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

32.2. O’qituvchining kasbiga xos xislatlari 
Ota-onalar  o’qituvchidan  uning  ish  staji  va  yoshi  qanday  bo’lishidan  qatiy  nazar,  farzandlarini 
tarbiyalash va o’qitish mahoratini kutadilar.  
O’quvchilar  esa  o’qituvchilarni  uch  xil  xislatlari  bo’yicha  xarakterlab  beradilar.  Jumladan, 
birinchidan,  o’qituvchining  odamgarchiligi,  adolatliligi,  sof  vijdonliligi,  bolalarni  yaxshi  ko’rish 
xislatlari;  ikkinchidan,  o’qituvchining  sezgirligi,  talabchanligi  bilan  bog’liqtashqi  xislatlari  va  xulq-
atvoriga qarab; uchinchidan, o’qituvchining o’z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta'lim jarayoni 
bilan bog’liqxislatlariga qarabxarakterlab beradilar. 
Shuni  ta'kidlab  o’tish  kerakki,  tarbiya  jarayonining  samaradorligini  oshirishga  qo’yiladigan 
talablar bilan birga, o’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo’yiladigan ijtimoiy talablar ham 
o’sib bormoqda. 
O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning 
individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub'ektiv tayyorligi muayyan o’qituvchining 
pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi. 
Shunisi  muhimki,  zamonaviy  o’qituvchi  uchun  zarur  bo’lgan  shaxsiy  xislatlarni  batafsil  ko’rib 
chiqish kerak. Bularqanday xislatlarekan? 


389 
 
Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga o’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan 
tadqiqotlar  zamonaviy  o’qituvchilar  uchun  eng  zarur  xislatlarni  aniqlab  olish  imkoniyatini  beradi. 
Rossiya  psixologlaridan  N.V.Ko’zmina,  V.Slastenin,  F.N.Gonobolin,  O’zbekistonlik  psixologlardan 
R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib 
borilgan ilmiy-tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha o’rganib, ancha batafsil ko’rsatmalar berish 
imkoniyatini  yaratadi.  Bunda  gap  o’qituvchilik  kasbining  professiogramma  (ma'lum  tizimga 
keltirilgan,  mehnatpsixologik  tomonidan  o’rganishga  va  undan  kelgusi  amaliy  faoliyatda 
foydalanishga qaratilganqisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjatga professiogramma 
deyiladi).  Professiogramma  psixologik  nu?q  nazardan  ishlab  chiqarish  faoliyati  xarakteristikasi  (aniq 
birorta  kasb  bo’yicha  kelgusi  amaliy  ishlar  uchun  zarur  bo’lgan  mazmundagi  barcha  tomonlarini  o’z 
ichiga olishi kerak) ustida boradi. 
O’qituvchi  professiogrammasi  muayyan  fan  tomonidan  o’qituvchiga  qo’yiladigan  maxsus 
talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim.  
Bo’lajak  o’qituvchi  u  yoki  bu xildagi  fan  tomonidan  qanday  talablar  qo’yilishini  bilishi  va  shu 
asosida  o’quv-tarbiya  jarayonini  tashkil  qilish  uchun  pedagogika  oliy  o’quv  yurtlarida  muayyan 
mutaxassislik bo’yicha o’qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir. 
Psixologik  tadqiqot  ishlarini  olib  borgan  M.Abdullajonova,  Ye.Gladkova,  A.Mashkurov, 
T.Hamroqulov,  E.Xidirov  va  boshqalarning  ilmiy  izlanishlari  o’zbek  tili  va  adabiyoti,  o’zbek 
maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o’qituvchilari va maktabgacha tarbiya 
muassasalarining tarbiyachilari kabi qatormutaxassisliklar bo’yicha o’qituvchi professiogrammasining 
taxminiy modelini, ya'ni namunasini aniqlab olish imkoniyatini berdi. Har bir mutaxassislik bo’yicha 
o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, 
maktabning  o’qituvchi-murabbiysi  professiogrammasini  misol  qilib  keltiramiz.  Professiogrammada 
muhim xislatlardan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holdao’qituvchining quyidagi 
xislatlari ko’rsatib berilishi lozim.  
1) O’qituvchining shaxsiy xislatlari: 
-bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish; 
-amaliy-psixologik aql-farosatlilik; 
-mehnatsevarlik; 
-jamoat ishlarida faollik; 
-mehribonlik; 
-kamtarlik; 
-odamiylik, dilkashlik; 
-uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo’lish; 
-o’z bilimlarini oshirishga intilish. 
2) Kasbiga xos bilimlari: 
 
-ta'lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi; 
-psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi; 
-etnopsixologik bilimlarni egallashi; 
-hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi; 
-hozirgi  zamon  pedagogikasining  metodologik  asoslarini egallanganligi; 
-maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi; 
-o’z fanini o’qitishmetodikasini bilishi; 
-o’quvchilarga  tarbiyaviy  ta'sir  etishning  samaradorligini bilishi; 
-ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi. 
3) O’z kasbiga xos xislatlari: 
-milliy  qayta  qurish  mafkurasi  bilan  mustaqil  davlat mafkurasini tushunishi; 
-zamonaviy maktabda olib boriladigan o’quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy  boyliklar,  milliy  
an'analar  va  urf- odatlarning ahamiyatini tushunishi; 
-o’qituvchining ko’zatuvchanligi; 
-o’z diqqat-e'tiborini taqsimlay olishi; 
-pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi; 


390 
 
-o’ziga tanqidiy munosabatda bo’la olishi; 
-o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olishi; 
-pedagogik takt; 
-nutqning emosional ifodalanishi; 
4) 
Shaxsiy - pedagogik uddaburonligi: 
-dars mashg’ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi; 
-o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi; 
-ta'lim  va  tarbiya  jarayonida  o’quvchilar  ongining  taraqqiy  etib  borishini  istiqbolli  ravishda 
rejalashtira olishi; 
-pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi; 
-bolalar  jamoasiga  rahbarlik  qilishda  o’z  faoliyatini rejalashtira bilishi; 
-o’quv maqsadlarini rejalashtira olishi; 
-o’zini  talim-tarbiya  ishlariga   tayyorlash  tizimni rejalashtira olishi. 
5) 
Tashkilotchilik malakalari: 
-bolalar jamoasini uyushtira bilishi; 
-turli sharoit va vaziyatlarda bolalar jamoasini boshqara olishi; 
-bolalarni  biror narsaga qiziqtirib,  ularni faollashtira olishi; 
-amaliy  masalalarni  hal  etishda  o’zining  bilim  va tajribalarini ustalik bilan tez qo’llay olishi. 
6) 
 Kommunikativ malakalari: 
- bolalarii o’ziga jalb etishni bilishi; 
- bolalar  va  ota-onalar  bilan  maqsadga  muvofiq  pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi; 
- bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o’zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi; 
- bolalar  va  ota-onalar  bilan  tashqaridan  aloqa  bog’lashni bilishi. 
7) Gnostik malakalari: 
- bolalarning  asab-psixik  taraqqiyoti  darajasini  aniqlay bilishi; 
- o’zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi; 
-  boshqa  o’qituvchilarning  tajribalarini  o’rganib,  undan  nazariy  va  amaliy  tomondan  to’g’ri 
xulosa chiqara olishi; 
- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi; 
- o’quvchilarni to’g’ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni bilishi. 
8) Ijodiy xislatlari: 
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi; 
- o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati; 
- o’zini o’quvchi o’rniga qo’yib, bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi; 
- o’zining o’quvchiga pedagogik ta'siri natijalarini oldindan ko’ra bilishga intilish; 
Shunday qilib, ko’rsatib o’tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi: 
-shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo’nalishi; 
-pedagogik mahorat va qobiliyati; 
-xarakterining psixologik xususiyatlari; 
-bilish faoliyati; 
-o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti. 
 Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri va ongli ravishda 
tanlab olishlariga yordam beradi. 
Professiogrammani  kasbga  xos  ravishda  o’qitishni  tashkil  qilishda  ta'limning  samaradorligi  va 
uning  muvaffaqiyati  qanday  bilim  va  ko’nikmalarga,ayniksa,  shaxsning  qandayqobiliyat  va  shaxsiy 
xislatlariga bog’liq ekanligini albatta ko’rsatish zarurdir. 
Mana shu professiogrammaga asosan bo’lajak mutaxassis - o’qituvchilarning sifat jihatidan o’z 
kasbiga nakadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin. 
Tayyorlangan  o’qituvchi  shaxsining  yuqoridagi  ana  shu  talablarga  mos  kelish  yoki  kelmasligi, 
oliy pedagogika maktablarining qandayo’qituvchi tayyorgarligini ko’rsatib beradi. 


391 
 
Pedagogik  kasb,  ma'lumki,  har  kimning  ham  qo’lidan  kelavermaydi.  Pedagogik  faoliyatdan 
yutuqlarga  faqat  shu  kasbga  qiziqqan,  shu  faoliyat  bilan  shug’ullanishga  moyil,  oqibat  natijada  esa, 
pedagogik qobiliyatga ega bo’lgan kishilargina erisha oladi. 
 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   550   551   552   553   554   555   556   557   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish