Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


 Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet550/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   546   547   548   549   550   551   552   553   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

31.5. Mustaqillik sharoitida tarbiyaning asosiy vazifalari 
Konfusiy:  "Eskini  o’zlashtirgan  va  yangini  tushunishga  qodir  insongina  tarbiyachi  bo’la  oladi" 
degan  edi.  Mustaqillikning  dastlabki  yillaridanoq  butun  mamlakat  miqyosida  ta'lim-tarbiya,  ilm-fan, 
kasb-hunarga o’rgatish sohalarini islohqilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda 
tarbiya  jarayonida  hamqator  o’zgarishlar  amalga  oshirilmoqda.  Shuni  ta'kidlash  lozimki,  ma'rifat 
halqimiz, millatimiz qonidadir. An'anaviy sharqona qarashga ko’ra, ma'rifatlilik faqatbilim va malaka 
emas, ayni paytda chuqur ma'naviyat va go’zal axloq degani hamdir. 
Bir  ijtimoiy  jamiyatning  ikkinchisiga  almashishi,  shuningdek,  milliy  mustaqillik  va  uning 
ne'matlari, respublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg’usi, qiyofa, 
xarakter,  ta'b,  kuy,  raqs,  ma'naviyat,  qadriyat  hamdaruhiyat  ta'siri  ostida  o’zining  tub  mohiyatini  aks 
ettira boshladi. O’tmishning boy merosi, uning an'analari milliy istiqlol tufayli o’z egalariga qaytarib 
berildi.  
Fuqorolarning  ijtimoiy  ongi  asta-sekin  o’zgarib  borishi  natijasida  etnopsixologik  xususiyatlar 
tiklana  boshladi,  milliy,  umumbashariylik  xislatlari  o’rtasida  adolatlilik,  teng  huquqlilik  aloqalari 
o’rnatilmoqda. 
XXI  asrda  shaxs  shakllanishida,  uning  tarbiyalanganlik  darajasini  ortishida  dinning,  xususan 
"hadis" ilmining ahamiyati kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g’amxo’rlik, samimiylik, o’zaro 


386 
 
yordam,  simpatiya,  antipatiya,  hamdardlik,  sevgi-muhabbat  singari    milliy  xususiyatlarni    tarkib 
toptirishda hadislarning roli yanada ortadi. 
O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik rejasi, bolalarga ta'sir o’tkazish 
vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida halq 
an'analari yotadi. 
O’zbek  halqining  etnopsixologak  xususiyatlaridan  unumli  foydalanish  har  tomonlama  taraqqiy 
etgan inson shaxsini tarkib toptirishda muhimrol o’ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: " Tarbiya biz 
uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir". 
Yosh  avlod  tarbiyasida  milliy  ruhiyat,  umuminsoniy,  halqchil  milliy  qadriyatlar,  urf-odatlar, 
an'analar  yetakchi  o’rin  tutmog’i  lozim  (tarbiya  etnopsixologik  va  etnopedagogik  munosabat). 
Bularorqaliyoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim: 
a) 
yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg’usilarini shakllantirish; 
b) 
xayrixoxlik, odamlarga hurmat, mehr-shafqat; 
v) 
kattalarni hurmatqilish, e'zozlash; 
g) 
muloyimlik; 
a)    Ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur; 
e) 
kichik yoshdan mehnatsevarlik; 
j) 
jismoniy baquvvatlik; 
z) 
axlok-odoblilik; 
i) oilaparvarlik; 
k) ayollarga hurmat; 
l) o’zaro hamkorlikka intiluvchanlik. 
Ma'lumki,  yoshlarning  ma'naviy-axloqiy  tarbiyasi  bilan  oila,  mahalla,  ta'lim  muassasalari, 
ommaviy  axborot  vositalari,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar,  ilmiy-pedagogik  qadrlar 
shug’ullanadilar.  Tarbiya  jarayonida  barcha  ishtirokchilarning  bahamjihatlik  bilan  olib  boradigan 
ishlarigina, o’zining ijobiy natijalarini berishi mumkin. 
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" ni amalga oshirish vazifalari ana shuni taqozo qiladi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   546   547   548   549   550   551   552   553   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish