Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


Kasb ta’limi psixologiyasining predmeti



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet518/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   514   515   516   517   518   519   520   521   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

28.1.Kasb ta’limi psixologiyasining predmeti 
Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi uning munosib kasb-korni egallashi jamiyat 
taraqqiyoti  uchun  baholi  qudrati  o’z  hissasini  qo’shib  yashashi  va  shu  orqali  jamiyatda  o’zligini 
namoyon etishi ya’ni shaxsning kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy 
shakllanishi  bilan  birgalikda  yaxlit  holda  kechadigan  va  deyarli  bir  umr  davom  etadigan  murakkab 
jarayondir.  Keng  ma’noda  kasbiy  shakllanish  deganda  insonning  o’z  aqliy  qobiliyatlari  jismoniy 
imkoniyatlari  u  yoki  bu  sohaga  bo’lgan  layoqatlari,  qiziqish  va  intilishlari,  shuningdek  qadriyat  va 
dunyoqarashlariga ko’ra biror bir kasb sohasida ta’lim olish keyinchalik shu sohaga kirishib, moslasha 
borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va malakali mutaxassis yetishishi tushuniladi. 
Haqiqatan ham bu cheksiz murakkab orqaga qaytarilmaydigan muhim jarayon bo’lib, unda inson 
manfaatlari yo’lidan unumli foydalanishni tashkil etish, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan 
biridir. 
Kasbiy  shakllanish  jarayonining  dastlabki  va  ayni  damda  o’ta  muhim  bosqichi  bo’lajak  kasbni 
tanlash,  ya’ni  aniq  bir  kasbiy  qarorga  kelishigacha  bo’lgan  davrini  o’z  ichiga  oladi.  Ravshanki, 
yoshlarning  kasb  tanlashga  tayyorgarlik  darajasi,  faqatgina  yosh  xususiyatlariga  bog’liq  emas,  u 
ma’lum  yoshga  kelib  o’z-o’zidan  shakllanib  qolmaydi.  Yoshlarning  kasb  tanlashga  pedagogik-
psixologik bilim, ko’nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta’siri orqali tayyorlash va tarbiyalash 
lozim.  
Mazkur  jarayonda  shaxsdan  kasbga  doir  bilimlarga  ega  bo’lish  talab  qilinadi.  Shuning  uchun 
ham  o’quvchilarni  kasblar  olamiga  doir  bilimlar  bilan  qurollantirish  hamda  amaliy  ko’nikma  va 
malakalarni  hosil  qilish  lozim.  Buning  uchun  kasblarga  doir  qo’llanmalar,  tarqatma  materallar  bilan 
ta’minlash  lozim.  Shundagina  kasb  tanlash  jarayonida  yuzaga  keladigan  turli  qiyinchilik,  ziddiyat, 
to’siqlarni  oldini  olgan  holda  o’quvchi-yoshlarni  ongli  ravishda  kasbga  yo’llash  imkoniga  ega 
bo’lamiz. 
Har  bir  inson  hayotida  kasbiy  faoliyat  muhim  ahamiyatga  ega.  Ota-onalar  farzandlarining  ilk 
qadamlaridanoq uning kelajagi to’g’risida o’ylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini 
kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan 
ta’lim-tarbiya  o’quvchining  turli  fanlarga  bo’lgan  tanlovli  munosabatini  keltirib  chiqaradi,  ayrim 
bolalarda  esa  qaysidir  fanlarga  bo’lgan  qiziqishi  tez  seziladi,  ya’ni  tasviriy,  musiqaviy  va  hokazolar. 
O’smirlik  davriga  kelib,  muammo  yanada  kuchayadi.  Ko’pgina  o’quvchilar  va  ota-onalarga  qanday 
kasbni  tanlashlari  oldindan  ma’lum  bo’ladi:  ular  “Men  shifokor  bo’laman”,  “Bizning  o’g’limiz, 
qizimiz,  tibbiyot  insititutiga  hujjat  topshiradi.  Shunday  bo’lsada,  kasbiy  maqsadlarning  aniqligi  va 
ularni  ruyobga  chiqishi  bo’yicha  xavotirlanish  holatlari  sezilib  turadi.  Omadsizlikka  uchrasa-chi? 
Ayrim  o’quvchilar  uchun  to’qqizinchi  sinfni  bitirgach,  kasbiy  yo’nalishlarini  tanlash  –  eng  dolzarb 
masala bo’lib qoladi. 
Ko’pgina  maktab  bitiruvchilari  kelajakda  kim  bo’lsam  ekan  yoki  qaysi  sohani  mutaxassisi 
bo’lsam  ekan?  –  degan  savolni  o’z  oldilariga  qo’yib,  kasb  tanlash  muammosiga  duch  kelishadi. 
Natijada  o’quvchilar  tomonidan  mutaxassisliklar  tasodifan  tanlanadi.  Hech  qanday      maxsus 
tayyorgarlikka  ega  bo’lmasdan  yoki  kasbiy  kelajagini  tushunib  yetmasdan  maktab  bitiruvchilarining 
bir  qismi  darhol  ishga  joylashadi.  Bunda  kasb  dunyosida  o’z  o’rnini  qidirish  o’zgacha  ma’noga  ega 
bo’ladi. 
Kasb-hunar kollejiga kirgan  yoshlar uchun kasb  tanlash muammosi to’liq  yechilmagan bo’ladi. 
Ularning bir qismi tanlovning to’g’riligiga o’qishning birinchi yilidayoq ikkilanib qolishadi, boshqalari 
– mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo’yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning 
ayrimlari  kasb  maktabini  bitirib,  egallagan  kasbi  bo’yicha  ish  topa  olmaydilar  va  ishsizlar  qatoriga 
qo’shilib  qoladi.  Demak,  ular  uchun  kasb  tanlash  muammosi  yana  dolzarb  bo’lib  qolaveradi. 
Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik, bilan qarash mehnat olamida o’zini 
topishida ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. 
Kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo’ladi. 
Kishilarning  individual-psixologik  xususiyatlarini  kasb  talablari  bo’yicha  kasbiy  tayyorgarligiga 
mosligini  aniqlash  uchun  qator  mutaxassisliklar  bo’yicha  kasbiy  tanlov  o’tkaziladi.  Uning  bajarilishi 


344 
 
bir  qancha  muammolarni  keltirib  chiqaradi  ya’ni  unga  ko’ra  kasbning  normativ  tavsiflarini  belgilab 
olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim. 
Bo’lajak  mutaxassis  shaxsida  yangi  a’zolari  orasida,  turli  yoshdagi  kishilar  bo’lgan  jamoaga 
kirish,  kasbiy  faoliyatga  ko’nikish,  yangi  ijtimoiy  rolni  tushunib  olish  yana  muammolarni  keltirib 
chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O’zgargan 
kasbiy  vaziyat  yangi  psixologik  xususiyatlar  va  sifatlarning  shakllanishiga  olib  keladi.  Shaxs 
psixologik tuzilishidagi keskin o’zgarishlar kishining hayotini ham o’zgartiradi. Oldingi – “maktab – 
oila  –jamiyat”  tizimi  o’rnida  yangi  ya’ni  “kasb-oilai  jtimoiy-iqtisodiy  sharoitlar”  vaziyati  kelib 
chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muhit omili muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
Har  bir  kishining  hayotida  kasbiy  rivojlanish  bo’yicha  o’zgartiruvchi  normativ  vaqtlar  mavjud 
bo’ladi.  Masalan;  kasb-hunar  kollejiga  kirish,  uni  tugatish,  ishga  kirish,  mehnatga  bo’lgan  layoqatini 
yo’qotish, majburiy ishdan bo’shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo’lishi bexosdan yoki 
qandaydir sharoitlar tufayli, gohida esa mutaxassislik sababi natijasida bo’ladi. Ko’p hollarda normativ 
bo’lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar, hisoblanadi. 
O’z  kasbini  ustasi  bo’lishga  erishish  variantlari  ko’p  bo’lib,  bu  borada  talaygina  muammolar 
paydo  bo’ladi.  Shaxsning  kasbiy  rivojlanishi  turli  xilda  namoyon  bo’lishini  qanday  tushuntirib  bersa 
bo’ladi? Nega bir kishi hayoti davomida ma’lum bir kasbga sodiq qoladi, boshqasi esa yillar davomida 
mehnat turlarini o’zgartirib turadi? Kasbni o’zgartirish sabablari (qanday) nimada? Kasbdan qoniqish, 
mutaxassislarning  kasbiy  rivojlanishi,  lavozimlardan  ko’tarilishi  qanday  omillarga  bog’liq?  Qanday 
qilib kasb ustasi bo’lish mumkin? Insonning kasbiy hayotini o’zgarishida shu savollarga javob berish 
kerak bo’ladi. 
Shu  bois  talaygina  muammolar  ishsizlikni  keltirib  chiqaradi.  Bu  esa  ertangi  kunga  bo’lgan 
ishonchsizlik psixologik zo’riqishni kuchaytiradi. Bunda ko’pgina ishsizlar uchun kasbini o’zgartirish 
muammosi  kelib  chiqadi.  Yangi  kasbni  shakllanishi  jarayonida  kasbiy  qarashlar  shaxs 
xususiyatlarining o’zgarishini talab etadi.  
Har  bir  kishining  kasbiy  hayotida  kasbiy  rivojlanish  inqirozlari  uchrab  turadi.  Bir  necha  yil 
davomida  ma’lum  bir  sohada  faoliyat  ko’rsatish  mutaxassisning  kasbidan  zerikish  holatlarini  keltirib 
chiqaradi. Kasbiy tiklanish shaxs faolligini susaytiradi, hordiq chiqarish imkoniyatlarini qidirishga olib 
keladi.  
Bir xil kasbiy faoliyati jarayonida mutaxassisda muhim kasbiy fazilatlar rivojlana boshlaydi.  
Shaxsning  o’z  kasbiy  ustasi  bo’lishi  faoliyat  mahsuldorligiga  ta’sir  etadi.  Qanday  qilib 
mutaxassisning  ishga  bo’lgan  layoqatini  saqlab  qolish,  gohida  esa  tiklash  mumkin.  Ma’lumki, 
mutaxassis muntazam ravishda kasbiy psixologik tomonidan yordamga muhtoj bo’ladi.  
Jamiyatimiz  uchun  dolzarb  psixologik  muammolardan  biri-bu  ishchining  nafaqaga  chiqishi 
hisoblanadi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlarning  o’zgarishi  yangi  ijtimoiy  vazifa  –  nafaqaxo’rlar 
uchun  psixologik  qiyinchiliklarni  keltirib  chiqaradi.  Shuningdek,  ular  psixologik  ko’mak  va  qo’llab-
quvvatlashga muhtoj bo’ladilar.  

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   514   515   516   517   518   519   520   521   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish