Microsoft Word jamila chingiz aytmatov ziyouz com doc



Download 173,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/30
Sana31.12.2021
Hajmi173,09 Kb.
#255515
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
Jamila

www.ziyouz.com kutubxonasi 

11

qo’zib, ko’pik sochib ovozining boricha bo’kirardi. 



Kattakon kopponning ichiga g’alla tog’-tog’ qilib uyib tashlangan. G’alla solingan qoplarni orqalab 

taxta trapdan ana shu uyumlarning tepasiga olib chiqib to’kish kerak. Kopponning qizigan tunuka 

tomidan chiqqan bo’yoq aralash temir hidi bug’doy changi bilan birga qo’shilib dimog’ni qichitardi. 

Uyqusizlikdan ko’zlari qizarib ketgan omborchi pastda qo’lini paxsa qilib so’kinardi: 

— Hoy bola, ko’zingga qara, ustiga chiqarib to’ksang-chi! 

U nega so’kinadi? So’kinmasa bo’lmaydimi? o’sha yerga olib chiqib to’kish kerakligini o’zimiz 

ham bilamiz-ku. 

Biz bu yerdagina emas, balki dalaning o’zida, yerga don tashlangan kundan mehnat qilamiz. Yosh-

yalang, xotin, bolalarimiz yoz bo’yi tinmay parvarish qiladi, kombaynchilarimiz har kuni yuz martalab 

buziladigan, parti ketib, sharti qolgan kombaynni bir nafas ham to’xtatmay, saratonning jazirama 

kunlarida ham daladan chiqishmaydi. Hozir ham dalada o’roqchilar tong sahardan qorong’i kechgacha 

zirqirab og’rigan bellarini yozolmay g’alla o’rmoqdalar, bir qarich bolalar bitta ham boshoqni 

qoldirmay terib olmoqdalar. o’sha kunlarda biz barcha topgan-tutganimizni frontga jo’natamiz. Bu 

bizning g’alabaga qo’shgan ter bilan qonimizdir. 

Hali-hali esimda, yosh bola yekanman, zabar-dast yigitlar ko’taradigan katta-katta qoplarni 

yelkamga tashlab, uning bir burchagidan mahkam tishlab trapdan yuqoriga chiqar ekanman, 

qovurg’alarim mayishib, ko’zlarim tinib ketardi. Qadam sayin trapning taxtalari egilib, koppon ichidan 

ko’tarilayotgan chang aralash g’ubor o’pkani qisardi. Necha marta holdan toyib, orqamdan sirg’alib 

tushib borayotgan qopni yelkamdan irg’itib, o’zim ham sakrab yuborgim kelardi. Lekin orqamdan ham 

qop ko’targan odamlar kelardi. U ham menga o’xshagan bir yosh boladir, yo bo’lmasa tushib-chiqib 

yurgan ayollarning biridir. Agarda urush bo’lmaganida bunday og’ir yukni ularga kim ko’tartirib 

qo’yardi. Shunday og’ir ishga ayollar chidash berayotganda nolishga haqqim bormi? 

Ana, oldinda Jamila yangam boryapti. Etagini qistirib olgan, uning bug’doyrang chiroyli oyoq 

muskullari tarang tortilib, payiari uzilib ketgundek boiadi. U go’yo yukini yengillatayotgandek bukilib, 

egilib og’ir qadam tashlab borardi. Goh-goh u mening holdan toyib borayotganimni sezgandek to’xtab 

qolardi-da: 

— Bo’shashma, kichkina bola, oz qoldi! — deb qo’yardi. Biroq o’zi ham qattiq charchaganidan 

ovozi bo’g’ilib chiqardi. 

Bug’doyni to’kib, orqaga qaytayotganimizda, doim Doniyorga duch kelardik. U odati bo’yicha 

hech kimga qo’shilmay, jimgina, salmoq bilan oyog’ini oqsoqlanib bosardi. Biz unga 

yondashganimizda, og’ir tortgan bo’ynini cho’zib, qistirilgan ko’ylagining barini yozib kelayotgan 

Jamilaga Doniyor enkayganicha qovoq ostidan tikilib o’tardi. U Jamilani go’yo birinchi marta 

ko’rayotgandek hamisha ana shunday tikilib qarardi. Lekin Jamila bunga sira e'tibor bermasdi. Birga 

ishlaganimizdan buyon ularning biron marta ham ochilib gaplashganini ko’rganim yo’q. Jamila ba'zan 

shunchaki hazillashib, tegishib kulib gapirsa, ba'zida mutlaqo ishi bolmasdi. Bu uning kayfiyatiga 

bog’liq edi. Hushi kelsa, yo’lda kelayotib Jamila menga: «Qani, chuh de, kichkina bola, ketdik!» — 

derdi-da o’tirgan yeridan sapchib turib, qiyqirib, qamchinini o’ynatgancha aravani haydab ketardi. Men 

ham undan qolishmasdim. Hash-pash deguncha oldinda borayotgan Doniyorni quvib o’tib ketardik. 

Doniyor orqada chang-to’zon ichida qolardi. Aslida bu hazil bo’lsa-da, lekin bunday hazilga hamma 

ham chidayvermasdi. Biroq Doniyor g’ing demas, ranjimas edi. Biz chang-to’zon ko’tarib, uning 

yonidan tasira-tusur qilib o’tib ketsak ham, u go’yo aybdor kishidek muloyimgina kulimsirab, aravada 

tik turganicha otlarga ustma-ust qamchi bosib borayotgan Jamilaga ajablanib, indamay qarab qolardi. 

Uning jahli chiqdimikin deb orqamga qayrilib qaraganimda, chang quyuni ichida qolgan Doniyorning 

mamnun bo’igan-dek Jamiladan ko’zini olmay tikilib turganini payqardim. Uning bu qarashida o’ta 

ko’ngilchanlik, olijanob-lik bilan birga, yuragini kuydirayotgan allaqanday sirli bir hasrat borligi 

sezilib turardi. Jamilaning bu qiliqlarini, istehzoli kulishlarini, yonida go’yo mensimagan kishidek 

indamay o’tishlarini Doniyor hecham ko’ngliga og’ir olmas, bariga chidab, bir og’iz so’z qaytarmas 



Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov 

 

 




Download 173,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish