www.ziyouz.com kutubxonasi
19
chiqib ketar, xotinlarni yordamga chaqirib qichqirar, lekin ular qiy-chuv ko’tarishib, o’zlarining suvda
oqib borayotgan ro’mollarini ushlash bilan ovora edilar. Yigitlar xoxolashib Jamilani suvga otib
yuborishdi, osmonga sachragan suv tomchilari xuddi kumush donalaridek tovlanar edi. Hali ham
kulgidan o’zini to’xtata olmagan Jamila suvdan chiqib kelar ekan, uning to’zg’igan ho’l sochi yana
ham chiroyiga chiroy qo’shib yuborgan edi. Chit ko’ylagi badaniga yopishib, siynasi olmaday dirkillab
turardi. Jamila bo’lsa parvoyifalak, qiqir-qiqir kular, ust-boshidan sirqib tushayotgan suvni ham
payqamasdi.
— O’p, darrov o’p! — deb qistashardi yigitlar! Jamila ularni o’par, yigitlar uni yana suvga otishar,
u bo’lsa go’yo buni xush ko’rgandek, suvdan chiqib, sochini silkitib, yana qotib-qotib kulardi.
Yoshlaming bu qilig’iga xirmonda kulmagan odam qolmadi. Xirmon sovurayotgan chollar ham
o’zlarini yigirma besh yashar bo’z bolalardek xis qilib, ajin bosgan yuzlari sevinchdan porlab: «Ha, ha,
bo’sh kelma, ushla! Etagidan tort!» — deb ko’pkarida uloq tortishgandek zavq-shavq bilan
qichqirishar, sharaqlab kulishardi. Men ham o’zimni to’xtata olmay qotib-qotib kulardim. Bu safar
yangamni qo’riqlash esimga ham kelmabdi. Birgina Doniyor indamay, qovog’ini solib o’tirardi. Unga
ko’zim tushishi bilan men ham jim bo’ldim. U xirmonning bir chekkasida yolg’iz o’zi o’tirgan ekan.
Doniyor yigitlarga yeb qo’ygudek o’qrayib qarar, vajohatidan go’yo hozir yugurib borib Jamilani
ularning qo’lidan ajratib oladigandek edi. Yuziga tik boqishga botinolmay, farishtadek pok deb bilgan
Jamilani yigitlarning quchoqlab o’pishi, tortqilashib o’ynaganlari Doniyorning ko’ngliga juda qattiq
botdi. Uning butun fikri zikri, es-hushi Jamilaning husni jamolida edi. Doniyor yigitlardan qanchalik
qizg’anmasin, xandon otib kulayotgan Jamiladan ko’zini olmay, uning bu qiJig’iga ham koyinib, ham
maroqlanib, xo’mraygan qovoqlari ostidan muloyim boqib, tishini tishiga qo’yib o’tirdi. Yigitlar
Jamilaga har tomondan yopishib, betlarini o’ptirganlarida Doniyor quti o’chib, turib ketmoqchi bo’lar,
lekin oyoqlari itoat qilmayotgandek qimir etolmasdi. Bir vaqt Jamila uning qarab turganini payqadi
shekilli, qanoti qayrilgandek bo’shashib xiralik qilavergan yigitlarni siltab tashladi.
— Yetar, hazilning tagi zil bo’lmasin tag’in!
— Iye, senga nima bo’ldi, — deb kimdir xoxolab kulib, uni yana quchoqlamoqchi bo’lgan edi,
Jamila uning ko’kragidan itarib yubordi:
— Nima ishing bor? Nari tur!
Keyin Doniyorga yalt etib bir qaradi-da, ko’ylagini siqqani butalar orasiga kirib ketdi.
Doniyor bilan Jamila o’rtasidagi munosabatning qanday oqibatlarga olib kelishini o’shanda men
bilmagan edim. Rostini aytsam, bu haqda chuqurroq o’ylashga qo’rqib, ko’pincha o’zimni boshqa
narsalarga alahsitishga harakat qilardim. Lekin Jamilaning Doniyordan chetlab yurgani va bunga o’zi
yana ich-ichidan kuyingani negadir ko’nglimni g’ash qilar edi. Bundan ko’ra ilgarigidek hazillashib
yuraversa bo’lmasmidi? O’zim shunday deymanu, biroq kechalari ovulga qaytayotganimizda
Doniyorning ashulasini eshitarkanman, ularni o’ylab, qalbim quvonchga to’lib-toshar, haligi g’am-gin
o’y-fikrlar xayolimdan ko’tarilib, dunyoning butun lazzati shu ashulada deb bilardim. Daradan o’tib,
daryo bo’yiga chiqqanimizda Jamila aravadan tushib, piyoda yurardi. Men ham aravadan tushib
yurardim, yayov yurib, miriqib kuy tinglaganga nima yetsin! Bunday paytda yo’ldagi chang-to’zonlar
orasida emas, xuddi osmonda, bulutlar qo’ynida ketib borayotgandek bo’lasan kishi! Awal yangam
ikkalamiz aravalarimiz yonida boramiz, so’ngra asta-sekin beixtiyor Doniyorga yon-dashib
qolganimizni o’zimiz ham sezmay qolamiz. Qandaydir sehrli bir kuch bizni Doniyor sari yetaklardi.
Qorong’ida uning yuz ifodasini, ko’z qarashini ko’rishni istardik, nahotki shu qadar yurak bilan
kuylayotgan kishi o’sha o’zimizning kamgap, odamovi Doniyor bo’lsa! Yuragi talpinib, kuydan orom
olgan Jamila har doim unga yaqinlab borganida Doniyor tomon sekin qo’l cho’zganini o’zi ham
sezmay qolar-di. Lekin zavq-shavq bilan kuylayotgan Doniyor buni payqamas edi. Uning o’y-xayoli
qayerlardadir, osmonda kezib yurgandek uzoq-uzoqlarga ko’z tikib, qo’llarini ko’ksiga
qovushtirgancha, kuy ohangiga chayqalib o’tirardi. Jamilaning qo’li shilq etib tushib, arava chetiga
tekkanda xuddi hushiga kelgandek qo’lini tortib olar va yo’l o’rtasida serrayib turib qolardi. Jamila
Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |