Microsoft Word jamila chingiz aytmatov ziyouz com doc



Download 173,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/30
Sana31.12.2021
Hajmi173,09 Kb.
#255515
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Jamila

www.ziyouz.com kutubxonasi 

28

kerak. Doniyorning eski shineli bilan teshik etigidan boshqa hech narsasi bo’lmasa ham, lekin uning 



ma'naviy boy, qalbi yuksak odamligini men bilmaganda kim biladi. Jamila Doniyorning etagini ushlab 

ketib, o’z baxtini toptadi, degan gaplarga ishonish u yoqda tursin, aksincha, men u o’z baxtini endi 

topdi, deb ishonardim. Faqat oyimga achinardim, xolos. Jamila bilan birga uning butun kuch-quwati 

ketgandek. Oyim g’amgin bo’lib, o’zini ancha oldirib, qaddi bukilib qoldi. Oh, bechora oyim. Hayot 

oqimi ba'zida eskilik ildiziga shafqatsiz bolta urib, yangi baxt sari intilishini oyim tushunmasa kerak-

da. Agar bo’ron azim chinorni tag-tomiri bilan qo’porib tashlasa, u qaytib qaddini 

rostlayolmaydi...Oyimning har bir xatti-harakatidan uning oldingi kuch-quvvati qolmaganligi sezilib 

turardi. Ilgarilari u hech kimdan ignaga ip o

tkazib berishni iltimos qilmas, qarilik g’ururi bunga yo’l 



qo’ymas edi. Bir kuni uyga kirib kelsam, oyim ignaning ko’zini topolmay, qiynalib yig’lab o’tiribdi. 

— Ma, ipni o’tkazib ber-chi! — dedi u qaltiragan qo’llari bilan igna va ipni menga uzatib. So’ngra 

og’ir xo’rsindi-da, ko’z yoshlarini artib, o’zicha ming’irladi: — E-e, sho’rlik kelinim, ko’ra-bila turib 

o’zingni o’tga tashlading-a. Uyimizning to’ri seniki, yeganing oldingda, yemaganing ketingda edi... 

O’zingni o’zing juvonmarg qilding... Bizni dog’da qoldirib ketding... Nega ketding... Uyimizda nima 

kamchilik ko’rding... Sho’rlik Jamila... 

Oyimning shunday mung’ayib o’tirganini ko’rib, o’zimni tutolmay, beixtiyor: «Yo’q, oyi, u 

sho’rlik emas!» — deb qichqirib yuborgim keldi-yu, lekin o’zimni bosdim. Oyimni mahkam 

quchoqlab, Doniyorning kimligini, uni jonimdan aziz ko’rishimni aytib, yig’lab yuborishimga oz qoldi. 

Lekin bu so’zlarni aytishga tilim borarmidi. Bu gapim bilan oyimni bir umrga xafa qilgan bo’lardim. 

Lekin bari bir bu begunoh «qilmishlarim» sir bo’lib qolmadi. 

Oradan ko’p o’tmay Sodiq akam harbiydan qaytib keldi. Rostini aytganda, u ko’rinishda unchalik 

sir boy bermasa ham, lekin nomusdan qattiq kuyinib, jig’ibiyron bo’lib yurdi, Usmonlar bilan ichishib 

qolgudek bo’lsa: 

— Ketgan bo’lsa sadqayi sar! Sarson-sargardon bo’lib yurib, oxiri bir kun ochidan o’ladi-ketadi. 

Xotinman deganing to’lib yotibdi, chertib-chertib olish mumkin. Oltin boshli xotindan, baqa boshli er 

yaxshi! — derdi jahl bilan. 

— Gaping-ku to’g’ri-ya, — deb javob qaytarardi Usmon. — Afsuski, o’shanda qo’limga tushmadi-

da: unisining ichak-chavog’ini ag’darib, bunisining sochlaridan otga bogiab sudratardim! Ehtimol, ular 

janubda, paxta dalalarida, yo bo’lmasa qozoq yerlarida tentib yurishgandir. Sayoqlik Doniyorga kasb 

bo’lib qolgan. Shunisiga dog’manki, buni hech kim bilmay, hech kim sezmay qolgan-a, qanday 

bo’lganiga kishining sira aqli yetmaydi-ya... Bu ishning hammasini o’sha qanjiqning o’zi qilgan, isini 

ham chiqarmadi-ya, la'nati, bo’lmasa men uni naq!.. 

Bunday gaplarni eshitganimda qonim qaynab, mushtlarimni qisardim. Kuchim yetsa, o’sha 

Usmonning basharasiga tuflab: «Pichan o’rog’ida adabingni bergani esingdan chiqibdi-da... Eng 

yaramas, eng razil odam sensan-ku!» degan bo’lardim. 

Bir kuni uyda maktab devoriy gazetasiga surat chizib o’tirgan edim, oyim ham pechka oldida 

cho’qqayib o’t yoqib o’tirardi, bexosdan eshik ochilib, uyga rangi ko’karib, g’azabidan ko’zlariga qon 

to’lgan Sodiq akam kirib keldi. U meni ustimga yopirilib kelayotganda, yelkasiga tashlab olgan shineli 

yerga tushib ketdi. 

— Buni sen chizdingmi? — deb so’radi u bir varaq qog’ozni tumshug’imga tiqib. Qog’ozdagi 

suratni ko’rib yuragim orqamga tortib ketdi: bu o’sha xirmonda o’tirib qalamda chizgan Doniyor bilan 

Jamilaning surati edi. Suratga ko’zim tushishi bilan go’yo ular menga qarab turishgandek bo’ldi. 

«Qiziq, Jamila buni nega tashlab ketdiykin? Uni bir yerga yashirib qo’ygan-u, keyin esidan chiqarib 

ketgan bo’lsa kerak!» — deb o’yladim ichimda. 

— Ha, men chizgan edim! — dedim. 

— Bu-chi, bu kim o’zi? 

— Doniyor. 

— E, ablah, sotqin! — deb o’shqirdi Sodiq akam menga va suratni maydamayda qilib yirtdi-da, 



Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov 

 

 




Download 173,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish