www.ziyouz.com kutubxonasi
11
qo’zib, ko’pik sochib ovozining boricha bo’kirardi.
Kattakon kopponning ichiga g’alla tog’-tog’ qilib uyib tashlangan. G’alla solingan qoplarni orqalab
taxta trapdan ana shu uyumlarning tepasiga olib chiqib to’kish kerak. Kopponning qizigan tunuka
tomidan chiqqan bo’yoq aralash temir hidi bug’doy changi bilan birga qo’shilib dimog’ni qichitardi.
Uyqusizlikdan ko’zlari qizarib ketgan omborchi pastda qo’lini paxsa qilib so’kinardi:
— Hoy bola, ko’zingga qara, ustiga chiqarib to’ksang-chi!
U nega so’kinadi? So’kinmasa bo’lmaydimi? o’sha yerga olib chiqib to’kish kerakligini o’zimiz
ham bilamiz-ku.
Biz bu yerdagina emas, balki dalaning o’zida, yerga don tashlangan kundan mehnat qilamiz. Yosh-
yalang, xotin, bolalarimiz yoz bo’yi tinmay parvarish qiladi, kombaynchilarimiz har kuni yuz martalab
buziladigan, parti ketib, sharti qolgan kombaynni bir nafas ham to’xtatmay, saratonning jazirama
kunlarida ham daladan chiqishmaydi. Hozir ham dalada o’roqchilar tong sahardan qorong’i kechgacha
zirqirab og’rigan bellarini yozolmay g’alla o’rmoqdalar, bir qarich bolalar bitta ham boshoqni
qoldirmay terib olmoqdalar. o’sha kunlarda biz barcha topgan-tutganimizni frontga jo’natamiz. Bu
bizning g’alabaga qo’shgan ter bilan qonimizdir.
Hali-hali esimda, yosh bola yekanman, zabar-dast yigitlar ko’taradigan katta-katta qoplarni
yelkamga tashlab, uning bir burchagidan mahkam tishlab trapdan yuqoriga chiqar ekanman,
qovurg’alarim mayishib, ko’zlarim tinib ketardi. Qadam sayin trapning taxtalari egilib, koppon ichidan
ko’tarilayotgan chang aralash g’ubor o’pkani qisardi. Necha marta holdan toyib, orqamdan sirg’alib
tushib borayotgan qopni yelkamdan irg’itib, o’zim ham sakrab yuborgim kelardi. Lekin orqamdan ham
qop ko’targan odamlar kelardi. U ham menga o’xshagan bir yosh boladir, yo bo’lmasa tushib-chiqib
yurgan ayollarning biridir. Agarda urush bo’lmaganida bunday og’ir yukni ularga kim ko’tartirib
qo’yardi. Shunday og’ir ishga ayollar chidash berayotganda nolishga haqqim bormi?
Ana, oldinda Jamila yangam boryapti. Etagini qistirib olgan, uning bug’doyrang chiroyli oyoq
muskullari tarang tortilib, payiari uzilib ketgundek boiadi. U go’yo yukini yengillatayotgandek bukilib,
egilib og’ir qadam tashlab borardi. Goh-goh u mening holdan toyib borayotganimni sezgandek to’xtab
qolardi-da:
— Bo’shashma, kichkina bola, oz qoldi! — deb qo’yardi. Biroq o’zi ham qattiq charchaganidan
ovozi bo’g’ilib chiqardi.
Bug’doyni to’kib, orqaga qaytayotganimizda, doim Doniyorga duch kelardik. U odati bo’yicha
hech kimga qo’shilmay, jimgina, salmoq bilan oyog’ini oqsoqlanib bosardi. Biz unga
yondashganimizda, og’ir tortgan bo’ynini cho’zib, qistirilgan ko’ylagining barini yozib kelayotgan
Jamilaga Doniyor enkayganicha qovoq ostidan tikilib o’tardi. U Jamilani go’yo birinchi marta
ko’rayotgandek hamisha ana shunday tikilib qarardi. Lekin Jamila bunga sira e'tibor bermasdi. Birga
ishlaganimizdan buyon ularning biron marta ham ochilib gaplashganini ko’rganim yo’q. Jamila ba'zan
shunchaki hazillashib, tegishib kulib gapirsa, ba'zida mutlaqo ishi bolmasdi. Bu uning kayfiyatiga
bog’liq edi. Hushi kelsa, yo’lda kelayotib Jamila menga: «Qani, chuh de, kichkina bola, ketdik!» —
derdi-da o’tirgan yeridan sapchib turib, qiyqirib, qamchinini o’ynatgancha aravani haydab ketardi. Men
ham undan qolishmasdim. Hash-pash deguncha oldinda borayotgan Doniyorni quvib o’tib ketardik.
Doniyor orqada chang-to’zon ichida qolardi. Aslida bu hazil bo’lsa-da, lekin bunday hazilga hamma
ham chidayvermasdi. Biroq Doniyor g’ing demas, ranjimas edi. Biz chang-to’zon ko’tarib, uning
yonidan tasira-tusur qilib o’tib ketsak ham, u go’yo aybdor kishidek muloyimgina kulimsirab, aravada
tik turganicha otlarga ustma-ust qamchi bosib borayotgan Jamilaga ajablanib, indamay qarab qolardi.
Uning jahli chiqdimikin deb orqamga qayrilib qaraganimda, chang quyuni ichida qolgan Doniyorning
mamnun bo’igan-dek Jamiladan ko’zini olmay tikilib turganini payqardim. Uning bu qarashida o’ta
ko’ngilchanlik, olijanob-lik bilan birga, yuragini kuydirayotgan allaqanday sirli bir hasrat borligi
sezilib turardi. Jamilaning bu qiliqlarini, istehzoli kulishlarini, yonida go’yo mensimagan kishidek
indamay o’tishlarini Doniyor hecham ko’ngliga og’ir olmas, bariga chidab, bir og’iz so’z qaytarmas
Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |