“hukmdorlari” (“xekau
xasut”) degan misrcha so‘zning buzib aytilishi,
deb ta'riflanadi. Miloddan avvalgi XVIII asrning ikkinchi yarmida ular
o‘zlarining ot qo‘shilgan jangovar aravalarida Shimoliy Misrga
bostirib kirib, uni egallaganlar. Ular deltada Avaris (“Xat - uarit” -
misrcha, cho‘llar va ajnabiy mamlakatlar xudosi Setuga
bag‘ishlangan shahar) shahrini qurib, poytaxtga aylantirdilar va yuz
yildan ortiq davr mobaynida Misrda hukmronlik qildilar.
Giksos hukmdorlari 15-16 sulola namoyandalari edilar. Ular
shimolda Misr, Falastin, Sinay yarim oroli, Arabistonning shimoliy
qismi ustidan hukmronlik qilganlar, ammo Misrning janubiy
viloyatlarida Fiva hukmron bo‘lib qolaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |