286
minoy davrining boshidayoq, dastlabki sinfiy davlatlarga aylanib
ketdilar. Krit Egey dengizidagi Kiprga qarashli Bolqon yarim
orolining janubi bilan mis va bronza savdosida vositachilik qilgan.
Miloddan avvalgi III ming yillik rivojlangan bronza asriga o‘tish
davri bo‘ldi. Oltin va emal buyumlar o‘rta
minoy davri davomida
takomillashib bordi. Toshdan va Afrikadan keltirilgan fil suyagidan
o‘yma muhrlar yasalgan. Muhrlar mavjudligi shaxsiy va xususiy mulk
rivojlanganligini ko‘rsatadi.
Taxminan,
1750 yilda Kritda alg‘ov-dalg‘ov voqyealar yuz berib,
Knoss va Festdagi saroylar vayron qilingan. Aholi yashaydigan
boshqa joylar ham zarar ko‘rgan.
Tez orada saroylar qayta tiklanib, Knoss
orolda ustun ahamiyatga
ega bo‘ldi. Arxeologik nuqtai nazardan orolning turli tomonlaridan
Knossga mo‘ljallab qurilgan yo‘llar ana shundan dalolat beradi.
Saroylar qayta qurilganidan keyin miloddan avvalgi
XVIII asrning
ikkinchi yarmidan to miloddan avvalgi
XV asrgacha bo‘lgan vaqtda
Krit davlati qudrati avjiga chiqqan edi.
Fukidid guvohligiga ko‘ra, bu
Kritning
“talyassokratiya”, ya'ni dengizlarda hukmronlik davri
bo‘lgan. Krit Egey dengizidagi
bir qancha orollarni, Kichik Osiyo
hamda Bolqon sohilidagi, shuningdek, Attikaning aholi yashaydigan
manzillarini o‘z hokimiyatiga bo‘ysundiradi.
Kritda dehqonchilik va chorvachilik yuksak darajaga yetib,
hunarmandchilik rivojlanadi. Tajribali
va jasur dengizchi mahalliy
xalq O‘rta yer dengizi mamlakatlari bilan yaqin aloqa bog‘lagan.
Qayta qurilgan Knoss saroyidagi devorlarga solingan turli bezakli
suratlar zodagonlarning hashamati yanada ortganligini aks ettiradi.
Knoss va Kritning boshqa saroylarida hukm surgan dabdabali
hayot hamda aksariyat aholining ayanchli hayoti arxeologik
materiallar: turar joy, ro‘zg‘or buyumlari va maqbaralarda yaqqol
namoyon bo‘ladi.
Saroy omborxonasi, ustaxonalari va boshqa
yordamchi binolar saroy xo‘jaligining murakkab tuzilmasidan dalolat
beradi.
Kemalar flotidan tashqari Kritda quruqlik qo‘shini ham bo‘lib,
askarlar jang aravalarida harakatlanganlar. Davlat viloyatlardan iborat
bo‘lib, ular shoh noiblari (patreve) tomonidan, oqsoqollar kengashlari
(kerosiyalar) bilan birga idora qilingan.
Yerlar qisman jamoaga
qarashli bo‘lib, qisman yakka tartibda ijaraga berilgan va xususiy
287
mulk mavjud bo‘lgan. “Odisseya” ma'lumotlariga ko‘ra, Krit
hukmdori
Minos faqat shoh bo‘lib qolmasdan, balki bosh kohin, ya'ni
xudo nazar qilgan shaxs hisoblangan. Minos “Odisseya”da dono shaxs
sifatida tasvirlangan. Boshqa afsonalarga ko‘ra, Minos oliy hakam
hisoblangan. Bu esa ilk sinfiy davlat tashkil
topayotgan davrda Krit
hukmdorlarining qonun chiqaruvchilik faoliyatini ko‘rsatadi.
Dengizning narigi tomonidagi Krit qo‘li ostidagi yerlar mahalliy
hokimlar tomonidan idora qilingan. Masalan, Attikada shunday
bo‘lgan.
Qadimgi kritliklarning e'tiqodi xususida arxeologik
ma'lumotlardan ancha narsa ayon. Kritliklar katta ibodatxonalar
qurmay, balki kichik-kichik sajdagoh va mehroblar qurish bilan
cheklanganlar. Ko‘pgina rasm va haykalchalarga ko‘ra kritliklarning
bosh xudosi ayol bo‘lib, u mahalliy xalq
tasavvurida hayot baxsh
etgan, o‘simliklar, hayvonlar va odamlarni himoya qilgan. Diniy
marosimlar asosan ayollar tomonidan ado etilgan. Grek afsonalari Krit
dinining greklarning kechroq yuzaga kelgan diniga ta'sir
ko‘rsatganidan dalolat beradi.
Gretsiyaning
ijtimoiy
taraqqiyoti miloddan avvalgi
Do'stlaringiz bilan baham: