Miloddan avvalgi II asrda yashab hukmronlik qilgan Appolodot
davri tangalaridagi chakra tasviri ushbu hukmdor budda dinini qabul
qilgani yoki unga xayrixohlik qilganidan darak beradi. Milinda
hukmronligi davrida yunon qo‘shinlari Sharqiy Hindistonga yurish
qilganlar.
Hind tarixchilari N.K.Sinxa va A.Ch.Banerji yozishicha,
Menandr qudratli hukmdor bo‘lgan. U zarb etgan tangalar g‘arbda to
Qobulgacha, Sharqda Matxura, hatto Bundelkxandgacha yetib borgan.
Xuddi shu asrda hukmronlik qilgan yunon shohi Demetr yerlari Hind
vohasi bilan cheklanib, «hindlar hukmdori» nomi bilan mashhur
bo‘lgan. U tangalarni ikki - yunon va hind-kxorashtxi tilida zarb etgan
dastlabki hukmdordir. Mamlakat shimoliy-g‘arbidagi so‘nggi yunon
hukmdori kushonlar shohi Kadfiz I tomonidan (miloddan avvalgi I
asr) taxtdan tushirilgan.
Dramaturgiya va adabiyot. Kanishka
davrida mashhur hind faylasufi,
dramaturg Ashvagxosi yashab o‘tgan. Uning bizgacha yetib kelgan
Do'stlaringiz bilan baham: |