yilda tug‘ilib, 483 yilda vafot etdi.
Mauriylar imperiyasining so‘nggi davrini o‘rganishda Ashoka
haqida buddaviy rivoyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa,
Ashokaning umri oxirida hokimiyatdan chetlashtirilishiga oid
ma'lumot ko‘p asarlarda saqlangan. Ashoka bu vaqtga kelib xazinani
sovura boshlagan. Manbalarda ta'kidlanishicha, Ashoka umrining
oxirida Budda ta'limotini yanada kengroq yoyish maqsadida buddaviy
rohiblariga ko‘plab sovg‘a-salomlar jo‘natgan. Buning natijasida
davlat xazinasi ancha bo‘shab qolgan. Podsho a'yonlari taxt vorisi -
nevarasi Sampadiga imperatorning haddan tashqari katta xayr-
ehsonlar qilayotganini yetkazganlar va bu holga chek qo‘yishni talab
qilganlar. Sampadi buyrug‘iga ko‘ra, Ashoka farmonlarini bajarmay
qo‘yishadi. Davlatni boshqarish huquqi Sampadiga o‘tib, Ashoka o‘z
g‘oyalarini oxirigacha amalga oshira olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |