Miloddan avvalgi IV-I asrlardayoq qadimiy hindlar uzoq
mamlakatlarga safarlar uyushtirganlar. Hind savdogarlari Shri-Lanka,
Birma (Myanma), Bobil, Janubiy Arabiston, Afrikaning janubiy
qirg‘oqlariga qatnar edilar. Bu davrda kemasozlik ham taraqqiy etdi.
«Artxashastra»da kemasozlikka oid ko‘plab ma'lumotlar mavjud.
Ularga ko‘ra, shoh kemalari bilan birga xususiy kemalar ham bo‘lgan.
Hindlar chet mamlakatlarga ot, oltin, margimush, surma, oyna, turli
qimmatbaho toshlar olib borishgan. Panini asarlaridagi mahsulotlar
ro‘yxati mol ayirboshlanadigan mollar qatoriga hunarmandchilik va
qishloq xo‘jalik mahsulotlari, keng iste'mol buyumlari va zeb-
ziynatlar ham kirganini ko‘rsatadi.
Xuddi shu davrda pul paydo bo‘ladi. Dastavval pullar temirdan
zarb etilib, ularga zarb etilgan vaqti va yozuvlar tushirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |