asrlarda shaharlar turli shakllarda barpo etildi.
Poytaxtning 570 ta minorasi va oltmishdan ortiq darvozasi
bo‘lgan. Shahar asosan yog‘ochdan bunyod etilib, ba'zan tosh ham
ishlatilgan. Ashoka buyrug‘i bilan saroydagi yog‘ochlarga maxsus
ishlov berilgan. Arxeologlarning fikricha, yuzta ustunli katta zalda
Ashoka majlislar o‘tkazgan. Saroyni topgan mashhur arxeolog
D.Spunerning yozishicha, saroy shu qadar yaxshi saqlanganki, bunga
aql bovar qilmaydi. Zal ustunlari 2000 yil avvalgi ko‘rinishini hamon
yo‘qotmagan. Mauriylardan keyin qariyb 600 yil o‘tgach Hindistonga
safar qilgan xitoylik sayyoh Fa Syan saroy mahobatidan hayratga
tushib, u «ilohiy kuch tomonidan bunyod etilgan», deb yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |