Miloddan avvalgi 63 yili birinchi konsul lavozimiga Mark Gulliy
Sitseron, ikkinchisiga esa Lutsiy Sergey Katilinaning do‘sti Gay
Antoniy saylanadi. Bu vaqtda Rimda Katilinaning ta'siri kuchaygan
edi. Rimda qarzdorlar masalasi tobora jiddiy ko‘rinish olgan. Alohida
xonalarni ijaraga beradigan katta uy egalari bilan ijaraga yashaydigan
kambag‘allar o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashib ketdi. Katilina bu
vaziyatdan foydalanadi. Miloddan avvalgi 63 yili u konsullikka
nomzodini qo‘yadi. Shu bilan birga xalqqa senat huquqlarini cheklash
to‘g‘risida va'da beradi.
Ammo konsullar saylovida Sitseron Katilinani qattiq tanqid
qiladi. Shuningdek uni fitna uyushtirishda ayblab, majlisdan
chetlashtiradi. Qonuniy yo‘l bilan konsul bo‘lolmagan Katilina
hokimiyat uchun kurashdan qaytmadi. Unga yordam berish maqsadida
Manliy Etruriyada qo‘zg‘olon ko‘taradi. Ammo ko‘p o‘tmay Katilina
Do'stlaringiz bilan baham: |