Mariyning do‘sti - Korneliy Sennaning qiziga uylanadi. Sulla unga
xotinidan ajralishni taklif qilganida, Sezar bu taklifni rad etib, shundan
so‘ng u bir oz vaqt yashirinib yurishga majbur bo‘ladi. Avf
etilganidan keyin Italiyadagi Rodos oroliga ixtiyoriy surgunga ketib, u
yerda tahsil oladi.
Sulla vafotidan so‘ng Sezar Rimga qaytadi. Pompeyning qo‘llab-
quvvatlashi bilan siyosat olamida obro‘ orttiradi. Yuliy Sezar
muomalasi, o‘tkir aqli va biyron tili hamda notiqligi bilan tanilgan edi.
Ayniqsa, Sezarning Gay Mariy bilan qarindoshligi plebeylar
336
ommasiga ma'qul kelgan. Sezar kurul edili sifatida Mariy g‘alabalari
Sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklarni tiklagan, shuningdek,
kambag‘allar uchun hashamatli to‘y-tomosha va jamoat ziyofatlari
uyushtirgan.