Yunon yozuvi. Yunon alifbo yozuvi miloddan avvalgi IX - VIII
asrlarda finikiyaliklar alifbosi asosida yuzaga kelgan. Finikiyaliklarga
savdo ishlarida, hisob-kitob yurgizishda alifbo zarur bo‘lgan, ammo
belgilari ko‘p qadimgi Sharq yozuvini o‘rganishga na vaqt, na
imkoniyatlari bo‘lgan. Hisob-kitobni aks ettiradigan hamda tezda
o‘rganish mumkin bo‘lgan qisqa va aniq alifbo kerak edi.
Finikiyaliklar 22 harfdan iborat yangi alifbo tuzganlar, lekin bu harflar
faqat undosh tovushlarni anglatgan. Yunonlar finikiya yozuvidan
foydalanganlar, lekin qisman o‘zgartirib, unga unli tovushlarni ham
bildiruvchi harflarni qo‘shganlar. Shunday qilib, ular 24 harfdan iborat
yangi yunon alifbosini yaratganlar. Biz uchun yunon alifbosining
ahamiyati shundaki, ushbu alifbo keyinchalik slavyan (kirill)
alifbosiga asos bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |