Fales, Anaksimen va Anaksimandr Milet maktabi faylasuflari
edilar. Qadimgi Yunonistonda, shuningdek, mafkuraviy falsafa ham
mavjud bo‘lib, u olamning ibtidosini tabiat va uning hodisalarida
emas, balki g‘oyalarda deb bilgan. Miloddan avvalgi VI asrda
Sitsiliyada yashagan Pifagor ana shunday idealist faylasuf edi. Pifagor
yunon matematikasining asoschilaridan biridir. Pifagor sonlarni
o‘rgangan, shuning uchun uning nazarida olma muayyan sonlar va
ularning o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘lgan. U Sitsiliyada,
asosan, aristokrat oilalardan kelib chiqqan muxlislari, izdoshlari
jamoasini tuzgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |