Korinf, Megara, Xalkida, Eretriya, Egina, Milet, Smirna, Efes
kabilar dengiz bo‘yi yoki dengizga yaqin yerda, ayrimlari qazilma
boyliklarga boy hududda joylashgani sababli, savdo va
hunarmandchilik ancha rivojlandi.
Bu vaqtda Attika tepaliklarida uzum, vodiylarda esa zaytun
yetishtirilib, vinochilik va yog‘ tayyorlash rivoj topdi. Hunarmandlar
loydan amfora (xum), quvur va boshqa kulolchilik buyumlari
yasaganlar. Shuningdek, Attikada temirdan mehnat qurollari va qurol-
yarog‘ yasash, mato to‘qish, teridan charm mahsulotlari tayyorlash
kabi hunarmandchilik sohalari taraqqiy etdi. Afina janubidagi
konlardan kumush qazib olingan va miloddan avvalgi VII asrda
Afinada kumush tangalar zarb qilina boshladi. Attikada xo‘jalik
rivojlanishi qullar soni ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Attika bilan savdo
qiladigan davlatlarning savdogarlari Afina bozorlariga oziq-ovqat va
hunarmandchilik mahsulotlari bilan bir qatorda ko‘p miqdorda qullar
ham keltirganlar.
Miloddan avvalgi VIII asrda afinalik zodagonlar Attika aholisini
o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Afina va Attikaning qolgan hududlarini
zodagonlardan iborat oqsoqollar kengashi idora qilib, ular o‘z
hukmronliklarini aristokratiya (“eng yaxshi kishilar hokimiyati”) deb
ataganlar. Attikaning qolgan ozod aholisi demos nomini olgan.
291
Demosning asosiy qismini dehqonlar, dengizchilar, hunarmand va
mardikorlar tashkil etardi.
Attikada hunarmandchilik, savdo-sotiq va dengizchilikning
rivojlanishi qullarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Qullar sonining
ko‘payishi yerlik dehqonlar ahvolini o‘zgarishiga olib keldi.
Kambag‘al dehqon - geomoralar tokzor va zaytun bog‘larini
kengaytirishga mablag‘lari yetishmas, buning ustiga Attikada tez-tez
ro‘y beradigan qurg‘oqchilik sababli yaxshi hosil ololmasdilar.
Oqibatda geomoralar zodagon - yevpatridlardan foiz evaziga qarz
olishga majbur bo‘lardilar. Agarda geomora qarzini foizi bilan vaqtida
qaytara olmasa, o‘z yeridan ajralar, hatto o‘zi va oila a'zolari bilan
birga qul qilinar edi.
Geomora qarz olganida, yevpatrid uning yeriga qarz toshini
o‘rnatgan. Toshga geomora kimdan qancha qarzdorligi va qarzini
qachon uzish muddati yozib qo‘yilgan. Miloddan avvalgi VII asrda
ko‘plab geomoralar xonavayron bo‘lib, qullik asoratiga tushib qolgan.
Ayrim shunday qullar yevpatridlar tomonidan chetga qul sifatida sotib
yuborilardi.
Miloddan avvalgi VII asr o‘rtalarida demosning zodagonlarga
qarshi kurashi keskin tus olib ketdi. Butun Attikada ular o‘rtasida
qonli to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Demos vakillari to‘planib,
zodagonlarga qarshi birgalikda kurashish uchun til biriktirdilar.
Butun Attikada vaziyat keskinlashganligi tufayli, zodagonlar
demosga bir oz yon bosib, ko‘pdan va'da qilingan qonunlarni ishlab
chiqishga rozi bo‘ldilar. Miloddan avvalgi 621 yili qonunlarni ishlab
chiqib qog‘ozga tushirish vazifasi hukmdorlardan biri - Drakonga
topshirildi. Endi Attikada barcha sud ishlari “Drakon qonunlari”ga
binoan amalga oshirila boshlandi. Ular zodagonlarning hayoti va mol-
mulkini muhofaza qilar, qonunlarga ko‘ra odamlar arzimagan aybi
uchun ham jiddiy jazoga tortilgan. “Drakon qonunlari”da, ayniqsa,
o‘g‘rilarga qattiq jazo berilib, hatto birovning bog‘idan meva yoki bir
bosh uzum o‘g‘irlaganlarga o‘lim jazosi belgilangan. Shu sababli
odamlar “Drakon qonunlari”ni “siyoh emas, qon bilan yozilgan” deb
ataganlar. “Drakon qonunlari” oddiy xalqning mavjud iqtisodiy
ahvolini yaxshilamay, unga hech qanday siyosiy huquq bermagani
uchun, demos bilan zodagonlar o‘rtasidagi ziddiyatni yo‘qota olmadi.
292
Do'stlaringiz bilan baham: |