VIII - VI asrlarda, Gomer davri oxirlaridan boshlangan bo‘lib, keng
qamrovli ilk sinfiy jamiyatning qaror topish jarayonining davomidir.
Bu davrni, an'anaga ko‘ra, ko‘pincha arxaik, ya'ni dastlabki davr deb
ataydilar.
Doriylar istilosi natijasida yuz bergan uzilishdan so‘ng,
Gretsiyada qaytadan kichik-kichik quldorlik davlatlari paydo bo‘la
boshladi. Bu davlatlar istehkom bilan o‘ralgan manzillardan iborat
bo‘lib, ularda dehqon va ayni vaqtda quldor jamoalari yashar,
birgalikda o‘z umumiy manfaatlari: manzil yonidagi mulklari - yer
hamda qullarini himoya qilganlar. Bu davlat tuzilishlari qadimgi
greklarda polis, ya'ni shahar- davlatlar deb nom olgan. Natural
xo‘jalik katta davlat birlashmalarining yuzaga kelishi uchun Shart-
Sharoit yaratmagan. Jamoa yer egaligi Gomer davrining oxiriga kelib
tanazzulga yuz tutganligi sababli, jamoa a'zosi - dehqonlarni
Gretsiyaning ko‘p rayonlarida Krit-Mikena davridagi kabi
ishlatishning imkoni bo‘lmay qolgan. Yer egalari qarzini uza olmagan
kambag‘allarni qarz badaliga qul qilib olganlar. Kuchayib borayotgan
Antik Gretsiyada shahar-davlatlar
(polislar)ning tashkil topishi
288
mulkiy tabaqalanish yer egalari va quldorlarning hukmron guruhiga
aylangan urug‘ zodagonlari bilan oddiy jamoa a'zolari avlodlari
bo‘lgan oddiy aholi - qishloq va shahar demosi o‘rtasida keskin
ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlar keltirib chiqardi.
Qishloq va shahar demosi. Gomer davridayoq rasm bo‘lgan temir
qurollarning ishlatilishi va shu asosda barcha ishlab chiqarish
sohalarida mehnat unumdorligining tez o‘sib borishi, aholining tobora
ko‘proq tabaqalanishi, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojiga,
quldorlikning taraqqiy etishiga ko‘maklashdi. Bir polisdagi tub erkin
aholini o‘z ichiga olgan, hukmron quldorlar sinfining Yuqori
qatlamiga aylangan oqsuyaklarning iqtisodiy va siyosiy hukmronligi
endi ijtimoiy taraqqiyotning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qila
boshladi.
Bu orada polislarga tegishli shahar hududining o‘zida
hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanib ketdi. Shahar aholisida
bevosita qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi daromad
manbalari paydo bo‘ldi. Asta-sekin erkin shahar aholisining iqtisodiy
jihatdan oqsuyaklarga tobe bo‘lmagan savdogar-hunarmandlar qatlami
paydo bo‘lib, kuchaya bordi. Bu qatlam rasman bo‘lsa-da, siyosiy
huquqlarga ega edi, chunki polislarning erkin tub aholisi - uning
fuqarolari hamda zodagonlardan meros - xalq yig‘ini a'zolari
bo‘lganlar. Bu majlis quldorlik davlat hokimiyatining oliy organiga
aylangandi. Qarz evaziga qul qilinmagan dehqonlar ham polis xalq
yig‘inining a'zosi edilar. Siyosiy huquqqa ega barcha ozod oddiy xalq
(grekcha) demos deb atalgan. Amalda u qishloq va hahar demosiga
bo‘linardi.
Demosning aristokratiyaga qarshi kurashi. Shahar demosining
iqtisodiy mustaqilligi kuchayishi bilan u boshqarish ishlarida ishtirok
etishga va zodagonlar hokimiyatini cheklash maqsadida faol harakat
qila boshladi. Shahar demosi uning mol-mulkini va savdo-
hunarmandchilik faoliyatini zodagonlarning tajovuzidan himoya
qiladigan qonunlar chiqarishni talab qildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayoni oqsuyaklarga ham daxldor
bo‘lib, ular orasida ham mulkiy tabaqalanish yuz bermoqda edi.
Oqsuyaklar, ayniqsa, kambag‘allashgan zodagonlarning bir qismi
ustaxonalar ochish va savdo-sotiq bilan shug‘ullana boshladi.
289
Ularning manfaatlari shahar demosiga oid Yuqori qatlamlarning
manfaatlariga yaqin bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |