242
bordi. Natijada Hindistonning janubiy hududlarida singal hukmdorligi
yuzaga keldi. Bu hol orolda mahalliy va hind madaniyati rivojiga ta'sir
ko‘rsatdi.
Ikki buyuk o‘lka - Hindiston va Markaziy Osiyo dunyo
sivilizatsiyasi
beshigi hisoblanadi
1
. Hindiston va Turkiston kabi buyuk
o‘lka xalqlari orasida doimo siyosiy, madaniy va iqtisodiy aloqalar
mavjud bo‘lib, ular hozir ham davom etib kelmoqda. Bu ikki yurt ko‘p
jihatdan o‘xshash, har ikkisi ham Buyuk ipak yo‘lida joylashgan.
Neolit davrida Markaziy Osiyo va Hindiston shimolida bir-biriga
yaqin dehqonchilik ekinlari ekilgan. Oltintepada (Janubiy
Turkmaniston) olib borilgan qazishma ishlari
natijasida Hind vodiysi
xalqlari bilan Janubiy turkman qabilalari orasida bronza, ya'ni
Xarappa madaniyati gullagan bir davrda mustaqil aloqalar o‘rnatilgani
ma'lum bo‘ldi. Professor
M.Ye.Massonning fikricha, Xarappa
madaniyatiga oid fol ochish uchun ishlatilgan fil suyagi topilgan.
Xuddi shunday o‘yinchoq suyaklar Xarappa va Moxenjo Darodan
ham topilgan. Markaziy Osiyo
savdogarlari ushbu buyumni
Hindistondan olib kelganligi haqiqatdan uzoq emas. Janubiy
Turkmanistondan topilgan uch boshli mahluq ko‘rinishidagi
muhrlarda xuddi Xarappa muhrlari kabi ikki echki boshi va baliq
tasvirlangan.
Oltintepada topilgan yana bir noyob buyum bu ikki belgili
qadimiy hind yozuvidir. M.Ye.Masson unda jonivorlar rasmi emas,
balki piktografik matn mavjud ekanligiga e'tiborini qaratgan.
Uning
fikricha, Oltintepada yashagan biron bir kimsa hindcha matnni o‘qiy
olmagan. Bundan kelib chiqib, muallif Markaziy Osiyo janubidagi bir
necha qabilalar dravid tillari oilasiga mansub degan fikrni o‘rtaga
tashladi.
Kushonlar davrida Gandxara maktabi va uning buddaviy shakli
Tohariston madaniyatiga ham ma'lum ta'sir o‘tkazdi. Buni
Dalvarzintepada olib borilgan qazish ishlari natijalari ham tasdiqlaydi.
Bu yerda
miloddan avvalgi III-II asrda yunon-baqtriya
shaharlari
bo‘lib, ular, ayniqsa,
miloddan avvalgi I asrda-milodiy I asrda
yuksalganlar. Aynan shu vaqt -
Kadfiz I va
Kadfiz II hukmronligi
davrida Baqtriyaga budda dini kirib keldi. Mazkur maskanda ehrom,
1
World and Global History : Research and Teaching /
edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
243
hamda unda bir qancha haykal va supachalar bor edi. U yerdagi loy va
chinnidan yasalgan haykalchalar devorga osilgan. Haykalchalar
an'anaviy hind san'atiga oid bo‘lsa-da, ularda mahalliy urf-odatlar
aksini ko‘rish mumkin.
Xalchayon va Dalvarzintepa haykallarini
taqqoslash oqibatida shu
ma'lum bo‘ldiki, har ikki madaniyat turli yo‘ldan borgan. Masalan,
Xalchayon haykallari portret ko‘rinishida, real va budda an'analaridan
ancha yiroq, Dalvarzintepadagi suratlar esa ancha keyin ishlangan.
Shuningdek, bu san'at Baqtriya maktabini ellin hind-budda an'analari
bilan bog‘lagan.
Shuni ham ta'kidlash lozimki, qadimgi Hindistonning jahon
madaniyati, xususan, Sharq madaniyatiga qo‘shgan hissasi ulkan.
Qadimgi Hindiston asrlar mobaynida G‘arb va Sharqni ko‘plab
mamlakatlari bilan aloqalarni kengaytirgan. Ular bilan turli jabhalarda
aloqalarni mustahkamlash bilan birga, o‘z madaniyati va urf-odatlarini
ham saqlab qolishga erishdi. Qadimgi hind
madaniyati hind xalqining
bo‘lg‘usi madaniyatiga asos bo‘ldi. Bu madaniyat shu darajada keng
qamrovli, rang-barangki, jahonning istalgan burchagida uning ta'siri
sezilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: