Fa Syan so‘zlariga ko‘ra, u 414-yilda Hindistondan Xitoyga
dengiz orqali qaytadi. Bu yo‘l Lanka oroli va Katanga orqali o‘tgan.
Tarixchilarning fikricha, ikkinchi asrda xitoyliklar ekspansiyasi
G‘arbga qaratilgan. Ayni shu sabab ikkala mamlakat orasidagi
aloqalarni muvofiqlashtirish talab etilgan. Biroq mamlakatlar
o‘rtasidagi munosabatlar Kushonlar davrida ancha yomonlashgan.
Xan imperiyasining parchalanishi (II asr oxiri - III asr boshi),
mamlakatdagi iqtisodiy tanglik va siyosiy tarqoqlik bu mamlakatlar
o‘rtasidagi aloqalarni tiklashda muammolar paydo qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |