Miloddan avvalgi I asrda Markaziy Osiyodan shimoliy-g‘arbiy
Hindistonga Xitoy manbalarida Se qabilalari deb nomlangan sak
qabilalari kirib keldi. Saklar avval hind-yunon sulolalari bilan
to‘qnashib, ular qo‘l ostiga o‘tgan bo‘lsalar, keyinchalik o‘z hind-sak
davlatini barpo qildilar. Ulardan eng mashhuri, Maues chamasi
miloddan avvalgi birinchi asr o‘rtalarida hukm surgan bo‘lib,
Gandxara, Svat vodiysi va taxminan Kashmirning bir qismi uning qo‘l
ostida edi. Uning vorisi Az «shohlar shohi» nomiga sazovor bo‘ldi.
Uning davlatiga Araxosiya ham kirar edi. Milodiy birinchi asrda
maydonga hind-parfiya sulolalari chiqib, shiddatli kurashlar boshlanib
ketdi. Ulardan Gondofor Gandxara, Araxosiya (hozirgi
Afg‘onistonning bir qismi) hamda Sakaston, ya'ni saklar mamlakati
(hozirgi Seyiston) nomi bilan ma'lum bo‘lgan Drangiananing bir
qismini qo‘lga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |