Miloddan avvalgi I asr - milodiy I asrda Shimoliy-G‘arbiy
Hindiston. Mauriylar davrining oxiridayoq, shimoliy-g‘arbiy
Hindiston viloyatlarining ko‘pchiligi amalda markazdan ajralib
bo‘lgandi. Keyinroq bu viloyatlar yunonlar ta'siriga tushib qoldi.
Ko‘plab hind-yunon hukmdorlari orasida podsho Menandr (hind
an'anaviy manbalarida - Milinda) ajralib turardi. Chamasi bu hukmdor
Budda dinini qabul qilgan yoki unga homiylik ko‘rsatgan. Davlat
poytaxti Shakala - hozirgi Sialkat shahri bo‘lgan. Uning hukmdorligi
Gandxara, Araxosiya, Panjobning ba'zi tumanlariga yoyilgandi.
234
Do'stlaringiz bilan baham: |