231
podsho
farmonlarini tarqatish, kotiblarga maktabda yozuv o‘rgatish
haqida so‘z boradi. Panini grammatikasida
1
“kotib”, “mirzo”
tushunchasini anglatgan iboralar uchraydi.
Ashoka farmonlarida
brahmi, oromiy va boshqa yozuvlar qayd etilgan. Yunon tarixchisi
Nearxning ma'lumotlariga ko‘ra, Makedoniyalik Iskandar
Hindistonga
qilgan yurishidan so‘ng, bitiklar ip-gazlamaga tushiriladigan bo‘lgan.
Odatda yozish uchun palma barglari ishlatilgan. Biroq namgarchilik
tufayli bunday yozuvlar bizga qadar yetib kelmagan. O‘sha davr
yozuv san'atining yagona guvohi qoya toshlardir.
Miloddan avvalgi
III asrda brahmi asosiy yozuv tizimiga aylandi. Olimlar orasida
brahmi tilining kelib chiqishi haqida turli farazlar mavjud. Uni
Xarappa,
janubiy arab yozuvi, hatto yunon yozuvi bilan bog‘lashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: