Microsoft Word Jahon tarixi rasmsiz pechat varianti doc



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/535
Sana08.08.2021
Hajmi1,41 Mb.
#141619
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   535
Bog'liq
тарих

«dushman»,  «johil»,  «dindan qaytgan» ma'nolarini anglatgan. 
“Rigveda”  da  bu  so‘z  «qabilalararo to‘qnashuvlarda asir tushgan 
yoki jamoaning qullikka mahkum qilingan a'zosi» ma'nosini 
bildirgan.  «Oriy» so‘zi «das» so‘ziga qarama-qarshi bo‘lib, “oliy 
himmat” hamda "ozod" ma'nosida qo‘llanilgan. Birinchi navbatda 
harbiy asirlar va mahv etilgan aholi qul qilingan. Biroq qullik faqat 
                                                 
1
 V. Sogrin, A. Chubaryan, Highlighting Some Problems of World History, in 
“Social Sciences”, 1990, 2,  
pp. 35-45. 


 
 
194
urush tufayli kelib chiqmay, balki ibtidoiy jamoada ishlab chiqarish 
kuchlarining rivoji va ijtimoiy tengsizlik tufayli uning kelib chiqishi 
uchun Shart-Sharoit yetilgan. Qullar ham mulkning bir qismi 
hisoblangan. 
Vedalar davrida yashagan hindlar Gang vodiysining o‘rmon bilan 
qoplangan katta qismini o‘zlashtirganlar. Bu jarayon uzoq davom 
etgan. Hind-oriy qabilalari yerli xalq bilan aralashib, mahalliy hayot 
tarzi va xo‘jalik faoliyatiga ko‘nika boshladilar.  
Temir qazib olish va qayta ishlash o‘sha davrning asosiy yutuqlari 
sifatida xo‘jalik hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Gang 
vohasining g‘arbiy tumanlarida olib borilgan qazish ishlari odamlar 
o‘sha davrda temirdan foydalanganligidan dalolat beradi. Masalan, 
130 ga yaqin turli temir buyum - kamon uchi, nayza, bolta, pichoq, 
igna va shu kabi ashyolar topilgan. Qadimgi hindlar garpun, uy-
ro‘zg‘or buyumlari, qurilish ashyolari - mix kesgich, qisqich, qishloq 
xo‘jaligi buyumlari - o‘roq, bolta, zeb-ziynatlar yasashgan.  
Nisbatan mukammal ishlangan mehnat qurollari yangi yerlar 
ochishda qo‘l kelgan. Arpa, sholi, bug‘doy, suli, boshoqli donlar 
ekilgan. Arpaning qora, tezpishar va boshqa navlari haqida 
ma'lumotlar bor. Shuningdek, paxta ham yetishtirilgan. Manbalarda 
ayrim meva nomini uchratish mumkin. Yerlar omoch yordamida 
haydalgan. Sun'iy sug‘orish mavjud bo‘lgan. “Rigveda”da charxpalak 
-  “chakra” haqida ma'lumot berilgan. Qoramol, birinchi navbatda, 
sigir qadimgi hindlarning asosiy boyligi bo‘lgan. Tadqiqotchilar 
hinduizm dinida sigirga e'tiqod qilish shu tariqa kelib chiqqan deb 
ta'kidlaydilar.  
Veda adabiyotida temirchi, kulol, duradgor, konchi, zargar, 
qassob, musallas tayorlovchi, sartarosh, tikuvchi kabi kasb egalari 
haqida ma'lumotlar uchraydi. To‘qimachilik, asosan, uy mashg‘uloti 
bo‘lgan. 
Qadimgi Hindiston tarixining vedalar va ulardan keyingi davr 
haqida anchagina ma'lumot mavjudligiga qaramay, ushbu davr, 
xususan, vedalar davrining siyosiy tarixini tiklash hamon muammo 
bo‘lib qolmoqda. Purana va epos manbalari bir-biriga zid. Eng 
qadimgi puranalar nisbatan kechroq, III-IV asrlarda yaratilgan. 
So‘ngi yillarda mazkur muammoni o‘rganishga yangicha 
yondashilmoqda.  


 
 
195
Vedizm Hindistonning eng qadimiy 
diniy tizimidir. U mamlakatning keyingi 
davrdagi diniy qarashlari va falsafiy ta'limotiga katta ta'sir ko‘rsatdi. 
Veda diniga politeizm - ko‘p sonli ma'budalarga e'tiqod etish xos. 
Vedalar davrida hindlar tabiat, uning hodisalari shuningdek, 
ma'budalarga sig‘inganlar. Ularning fikricha, xudolar insonga xos 
fazilat va nuqsonlarga ega edilar. Veda xudolari odam va jonivor 
shaklida tasvirlangan. Xudolar Sharafiga madhiyalar o‘qilib, 
qurbonliklar qilingan. Qadimdagi hindlar dunyosi uch qismdan: 
osmon, yer va antariksha (yer va osmon orasidagi makon) dan iborat 
bo‘lib, ularning har biri o‘z ma'budiga ega deb hisoblaganlar. Samo 
ma'budalari qatoriga Quyosh ma'budasi Sur'ya, tong ma'budasi Varuna'>Ushas 
va falak tartiboti ma'budasi Varuna kirgan. Yer ma'budalari ichida 
olov ma'budasi Agni va ichkilik ma'budasi Somaga ko‘proq e'tiqod 
etilgan. Antariksha ma'budalari qatorida momaqaldiroq ma'budasi 
Rudra, shamol ma'budasi Vayyu va qudratli ma'buda Lindrani 
ko‘rsatish mumkin. “Rigveda” madhiyalarining katta qismi aynan 
unga bag‘ishlangan. Ma'buda Agni alohida ehtiromga ega bo‘lgan. 
Olov din uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, odamlar bilan 
ma'budalar o‘rtasida vositachi hisoblangan. Quyosh ma'budasi Sur'ya 
go‘yo har tongda otash rangli otlar qo‘shilgan aravada namoyon 
bo‘lgan. U atrofni yoritib, hayotbaxsh issiqlik taratadi deb 
hisoblangan.  
Xalq e'tiqodiga ko‘ra osmon egasi qadimgi ma'buda - Varuna o‘z 
aravasida sayr qilib yurgan. U dunyoda tartibot himoyachisi 
hisoblangan.  Vedizm ibtidoiy dinlardan odamlarning ijtimoiy 
tengsizligini ilohiylashtirish bilan farq qilardi. Karma haqidagi 
ta'limot ijtimoiy tengsizlikni oqlash imkoniyatini bergan. Hukmdorlar 
ilohiylashtirilgan, ma'budalarga to‘la-to‘kis bo‘ysunish har bir 
odamning oliy burchi bo‘lgan. 
Dastlab, veda qabilalarining ehromlari bo‘lmagan, keyinchalik, 
ma'budalarga sig‘inish uchun maxsus binolar qurdilar. 
 Vedalar Hindistonning adabiy yodgorligidir. Ular 
o‘zida turli tarixiy bosqichlarga matnlarni jamlagan. 
Hind tarixchilaridan A.Ch.Banerji va N.K. Sinxa veda adabiyoti 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   535




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish