Miloddan avvalgi III ming yillik oxirlaridan miloddan avvalgi
II ming yillik o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixni kuzatish mumkin.
Ugarit deb nomlangan bu davlat hududida eng muhim savdo yo‘llari
tutashib, Misr va Egey dengizi sohilini Kichik Osiyodagi xett
qabilalari bilan o‘zaro mahkam bog‘lab turgan.
Shahar xarobalaridan topilgan va maxsus mixxat yozuvida
bitilgan esdaliklar katta ahamiyatga ega. Afsonalardan olingan matnlar
Shimoliy Suriyadagi qabilalar
1
ning miloddan avvalgi II ming yillik
o‘rtalaridagi diniga oid muayyan ma'lumot beradi.
Suriya va Finikiyaning bu davrdagi siyosiy tarixini o‘rganish
uchun Amarna arxividan topilgan (diplomatiyaga oid) xatlar, xett
hujjatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Suriya va u bilan bog‘liq
Finikiya tarixini o‘rganish uchun Bobil va Ossuriya yozuvlari, hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |