Qadimgi
Falastin
143
unumdor bo‘lib, “jannat bog‘i” nomini olgan. G‘arbiy Falastindagi
ba'zi viloyatlarning yerlari ham serunum bo‘lgan. Vadi - Kelt
daryosidan sug‘oriladigan Iyerixon tekisligi ana shunday viloyatlardan
biri bo‘lgan. Iqlimi issiq, suvi serob bu yerlarda hatto xurmo palmasi
o‘sgan.
Arxeologik qazish ishlari Falastinda qadimgi tosh davridayoq
odamlar yashaganligini ko‘rsatadi. Masalan, Gennisaret ko‘lining
shimoliy-Sharqiy qirg‘og‘idagi g‘ordan neandertal odamning bosh
suyagiga o‘xshash bosh suyak topilgan. Bu yerdan yana panshaxa,
qirg‘ich, nayza va keyingi mustye va orinyak tipidagi qurollar kabi
jihozlar chiqqan. Yuqori paleolit davriga oid shunday qurollar
Quddusning shimoliy-Sharqidagi Shukbax yonidagi g‘ordan ham
topilgan. Markaziy Falastinni mamlakatning janubiy qismidan ajratib
turadigan Ayalon vodiysining g‘arbiy qismidagi qadimgi Gezerda
o‘tkazilgan qazishlar vaqtida, neolit davriga xos noyob yodgorliklar
kompleksi topilgan. Gezer yonida
1
gi qoyalarda tabiiy va sun'iy g‘orlar
juda ko‘p. Neolit davrining odamlari ana shu g‘orlarda yashaganlar.
Gezerning eng ko‘hna qatlamlari va Falastinning boshqa joylaridan
topilgan sopol buyumlar neolit davriga xos. Arxeologik qazilmalar
natijasida Falastin hududida qadim zamonlarda katta iqtisodiy, harbiy
va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan shaharlar xarobalari topildi.
Laxish xarobalarida mis qurol-yarog‘lar, shuningdek, XVIII -
XIX sulolalarga mansub yozuvlarda bitilgan Misr qo‘ng‘izlarining
tasviri topilgan. Misr va Xanaan yozuvlari, ayniqsa, diqqatga sazovor.
Bunda topilgan sopol idishlardagi chizgilar o‘ziga xos alomatli yozuv
paydo bo‘lganini ko‘rsatadi. Xarsang toshlardan ko‘tarilib, devor bilan
o‘ralgan va to‘g‘ri burchakli minoralar bilan himoyalangan ko‘hna
qal'a Gezer qala'sining xarobalari ham diqqatga sazovor. O‘lik
dengizining shimoliy-g‘arbida joylashgan Iordan vodiysining g‘arb
tarafida qadim shahar xarobalari topilgan. Tadqiqotchilar bu shaharni
Tavrotda tasvirlangan Iyerixon shahriga o‘xshatadilar. Qazishlar
natijasida bu shahar miloddan avvalgi IV-III ming yillikdayoq,
yaxshi himoya qilingan qal'a bo‘lganligi aniqlangan. Samariyadagi
Axam saroyidan xo‘jalik hisobotiga doir sanasi ko‘rsatilgan hujjatli 75
dona sopol parchasi topilgan. Quddusdan Yahudiya shohi Xizkiya
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
144
zamoniga (taxminan miloddan avvalgi 715-yillar) oid Siloam
yozuvi Iordan daryosi ortidan topilgan. Unda Moavit hukmdori
Do'stlaringiz bilan baham: |