huquqi” (“qonga-qon, jonga-jon huquqi”) nomini olgan qasos
qonunining ayrim belgilari Hammurapi qonunida saqlanib qolgan. Bu
ham urug‘chilik tuzumidan qolgan eski huquq qoldiqlaridan biridir.
Chunonchi, boshqa odamning suyagini sindirgan odamning ham biror
joyi sindirilgan. Qonunning bu moddalari qadimgi yahudiylarning
“mayib qilganni mayib qil”, “qonga-qon, jonga-jon” shiorlariga
aynan o‘xshashdir. Hammurapi qonunining boshqa moddalarida
qadimgi urf-odat huquqining qoldiqlari quldorlik davridagi huquq
qoidalari bilan uyqash bo‘lib ketgan. Quldorlik davrining yangi
huquqi bir qancha moddalardan iborat bo‘lib, bu moddalar “qonunlar
to‘plami“da keltirilgan, so‘ng ma'lum tartibga solinib, “kodeks”
shaklini olgan. Bobil podshosi Hammurapining “kodeksi
Do'stlaringiz bilan baham: |