115
Mavzu XVIII. KORXONALARDA XODIMLAR MEHNATI
VA ISH HAQI STATISTIKASI
Reja:
1. Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari.
2. Xodimlar ish vaqti ko‘rsatkichlari statistikasi.
3. Xodimlar mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari.
4. Xodimlar ish haqi stastistikasi.
1. Korxonalarda xodimlar harakati ko‘rsatkichlari
Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilashda xodimlar mehnati muhim
ahamiyatga ega. Xodimlar soni harakati va ularning
mehnatini statistik
o‘rganganda, ularni turli belgilari bo‘yicha o‘rganadi. Xodimlar xalq xo‘jaligi
tarmoqlari bo‘yicha, bajaradigan funksional vazifalari bo‘yicha guruhlanishi
mumkin.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi,
qurilish
transport, sog‘liqni saqlash, maorif va shu kabi tarmoqlarda ishlovchi xodimlarga
guruhlanadi. Bajaradigan ishlar bo‘yicha: ishchilar injener texnik xodim,
xizmatchilar, xizmat
qiluvchi kichik xodimlar, shogird-o‘quvchilar kabi
guruhlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liq ishlarda ishlaydigan xodimlar ishchilar deyiladi va ular
korxonalarda ko‘pchilikni
tashkil etib, asosiy kuch hisoblanadi. Ilmiy texnik
xodimlarga ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog‘liq
maansablarda ishlayotgan rahbar xodimlar kiradi.
Turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun o‘rtacha ro‘yxatdagi
xodimlar soni, o‘rtacha ishga kelgan xodimlar soni kabi ko‘rsatkichlar aniqlanadi.
O‘rtacha ro‘yxatdagi xodimlar sonini aniqlash
uchun kolendar kunlaridagi
ro‘yxatdagi xodimlar sonining yig‘indisini kolendar kunlar yig‘indisiga bo‘linadi.
O‘rtacha ishga kelganlar sonini topish uchun haqiqiy ishlagan kunlar yig‘indisi ish
kunlari yig‘indisiga bo‘linadi.
Korxonalarda xodimlar soni va ularning harakati kadrlar bo‘limi tomonidan
yurtiladi va hisobotda ko‘rsatiladi. Barcha xodimlar doimiy,
vaqtincha va
mavsumiy ishga qabul qilingan guruhlariga bo‘linadi. Vaqtincha ishga qabul
qilinganlarga 2 oygacha yoki vaqtincha ishlamayotgan xodimlar o‘rniga 4 oygacha
ishga qabul qilingan xodimlar kiradi. Mavsumiy ishga qabul qilinganlarga mavsum
davrida 6 oygacha mavsumiy ishni bajarishga qabul qilingan xodimlar kiradi.
Ro‘yxatdagi xodimlarga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqqandan, ishdan
bo‘shatish to‘g‘risida buyruq chiqqungacha bo‘lgan barcha xodimlar kiradi.
Xodimlar harakati ko‘rsatkichlari: ishga qabul
qilinganlar koeffitsienti,
ishdan ketganlar koeffitsienti, turg‘unlik koeffitsientlari bilan ifodalanadi.
Xodimlarning ishga qabul qilish koeffitsienti – hisobot davrida yangi qabul
qilingan xodimlar sonini korxona xodimlarning o‘rtacha soniga bo‘lib topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: