Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


 Aholi harajatlari statistikasi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/114
Sana23.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#895321
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «

3. Aholi harajatlari statistikasi 
 
Aholi harajatlari ham turli xil bo‘ladi. Ularning eng asosiylari iste’mol 
tovarlari sotib olish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, turli xil xizmatlar uchun 
to‘lovlar, majburiy va ixtiyoriy to‘lovlar, uy joylari sotib olish va saqlash 
harajatlari. Aholining daromadlari va harajatlari asosan turli oilalarning byudjetini 
maxsus tanlama kuzatish natijasida olinadi. Mintaqalar bo‘yicha aholining pul 
daromadlari va harajatlari balansi tuziladi. Axolining xizmatlar uchun to‘lovlariga 
transport, gaz, svet, suv va boshqa kommunal-maishiy xizmatlariga to‘lanadigan 
to‘lovlar kiradi. Bunday harajatlar is’temol tovarlari uchun qilinadigan 
harajatlaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Majburiy to‘lovlariga aholi 
to‘laydigan turli xil soliqlar, ixtiyoriy to‘lovlarga sug‘urta va boshqa to‘lovlar 
kiradi. Axolining uy-joy sotib olish va ularni saqlash harajatlari har bir kishiga 
to‘g‘ri keladigan, uy joy har bir oilaga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni metr 
kvadrat bilan hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda Respublika aholisining 
o‘rtacha harajatlari 45,0% oziq-ovqat mahsulotlariga , 29,0 % esa nooziq-ovqat 
mahsulotlariga to‘g‘ri keladi.
4. Aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli statistikasi 
 
Iste’mol ham iqtisodiy ham ijtimoiy ko‘rsatkichdir. Iqtisodiy ko‘rsatkich 
deyishimizga asos, iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi bo‘g‘inidir. Iste’mol 
bir tamondan ishlab chiqarish va taqsimlash, ikkinchi tamondan aholi daromadiga 
bog‘liqdir.
Iste’mol ko‘rsatkichini, ijtimoyi deyishimizga asos iste’mol hayotni 
takrorlanishi uchun eng zaruriy shartdir. Jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy 
ehtiyoji iste’mol natijasida qondiriladi. 
Milliy daromad iste’mol va jamg‘arishga sarflanadi. Milliy daromadning 
iste’mol qismi: uy xo‘jaligining (aholining) pirovard iste’moli; davlat 
muassasalarining pirovard iste’moli (ma’orif, madaniyat, soqliqni saqlash internat) 
va uy xo‘jaligiga xizmat qiluvchi tashkilotlarining pirovard iste’molidan tashkil 
topadi. (Kasaba uyushma, diniy tashkilotlar, siyosiy partiya turli fondlarning 
aholiga harajatlari). 
Uy xo‘jaligining pirovard iste’moliga tovarlar sotib olish va xizmatlar haqini 
to‘lash uchun ketgan harajatlar: oziq-ovqat, kiyim-kechak sotib olish; uy-joy, 


109 
kommunal xizmatlar haqini to‘lash; transport, kino-teatr, aloqa xizmatlari haqi; 
majburiy va ko‘ngilli to‘lovlar: soliqlar, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga, kasaba 
uyushma badali: tibbiy xizmatlar kiradi. 
Aholi iste’moliga natura shaklida berilgan iste’mol mahsulotlari, o‘z 
tomorqa xo‘jaligida yetishtirib, iste’mol qilingan mahsulotlar ham kiritiladi. 
Uy xo‘jaligi harajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uch xil manbalar orqali 
olinadi. 
1.
Maxsus oila byudjetini tanlab kuzatish natijasida. 
2.
Aholining daromadlari va harajatlari balansini tuzish orqali. 
3.
Maxsus hisob-kitoblar bo‘yicha. 
Maxsus tanlab kuzatish yo‘li bilan va sotilgan mahsulotlar hajmi asosida 
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol miqdorini aholining 
o‘rtacha soniga bo‘lib, jon boshiga to‘g‘ri kelgan iste’mol miqdori aniqlanadi. 
Maxsus ilmiy muassasalar tomonidan aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini 
bir yilda iste’mol qilish miqdorining fiziologik me’yorlari hisoblangan. Aholining 
haqiqiy iste’moli bu me’yorlar bilan taqqoslanib o‘rganiladi. Statistik 
ma’lumotlarga qaraganda ular quyidagicha. 
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, respublika aholisi non va non 
mahsulotlarini, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarni belgilangan me’yorlardan ko‘p 
iste’mol qilar ekan, lekin ular iste’molini dinamik o‘rganish kamayish 
tendensiyasini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ham. Shu bilan bir vaqtda aholi sut va sut 
mahsulotlarini, tuxumni, mevalarni, ayniqsa baliq va baliq mahsulotlarini 
belgilangan me’yorlardan ancha kam iste’mol qilar ekan. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish