Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
66
Sohib ibn Ibod o‘z kutubxonasida bo‘lishni Nuh ibn Mansur as-Somoniy saroyida ulug‘ 
mansablarga ko‘tarilishdan afzal bilardi. Chunki u kutubxonasiga qattiq muhabbat 
qo‘ygandi. Usiz hech qayoqqa borolmas yoki ko‘tarib ham ketolmasdi. Shundan kitoblari 
bilan qolishni a’lo bilardi. Mana shunday ilmiy ruh bilan ulamolarimiz, boylarimiz, 
amirlarimiz kitobga va uni yig‘ishga berilganlar. Hatto, ular mollari va uy-joylari 
to‘g‘risidagi ofatni kitoblari xususidagi ofat-balodan yengil bilishgan. 
Qo‘shin Ibn al-Amiydning hovlisiga hujum qilib, g‘ulom va qo‘riqchilarni mag‘lub etdi. 
Ibn al-Amiyd Dorul-imoraga qochdi. Shundan so‘ng butun boyliklari talon-taroj 
qilinganini ko‘rdi. Na o‘tirishga biror narsa va na suv ichishga biror idish qolibdi. Uning 
xayoli esa faqat daftar va kitoblarida edi. Chunki unga dunyoda bulardan azizroq narsa 
yo‘q edi. Uning kitoblari ko‘p bo‘lib, barcha ilmlarni, hikmat va odob navlarining 
hammasini qamrab olgandi. Agar yuklansa, ular yuzdan ortiq tuyaga yuk bo‘lardi. Ibn al-
Amiyd kutubxonachisini ko‘rganda, kitoblari haqida so‘radi. Xizmatkor kutubxona oldingi 
holatidek ekanini, biror kimsa qo‘l tekkizmaganini aytdi. Bundan Ibn al-Amiyd 
quvonchga to‘lib xizmatkoriga dedi: «Guvohlik beramanki, sen mas’ud va oliyjanob 
insonsan, boshqa narsalarning evazi topiladi, lekin bu xazina, ya’ni kutubxonaning tengi 
yo‘qdir». 
Mana shunday ilmiy ruh sababli ajdodlarimiz ilmiy asarlarni mualliflari yozib 
tugatishlari bilanoq sotib olishda musobaqalashishgan. Andalusning amiri Hakam hozirda 
adabiyot olamida mashhur bo‘lgan «Al-Ag‘oniy» kitobi to‘g‘risida eshitdi va kitob muallifi 
Abul Faraj al-Isfahoniyga undan bir nusxa berish uchun ming tilla dinor yubordi. Abul 
Faraj kitobidan bir nusxasini amir uchun berib yubordi. Shunday qilib, ushbu kitob 
muallifning vatani bo‘lmish Iroqdan oldin uzoq Andalusda o‘qildi. 
Mana shu ilmiy ruh sababidan Islom olamining turli burchaklarida kutubxonalar 
ko‘paya boshladi. Yonida kutubxonasi bo‘lmagan madrasa juda kam edi. Kutubxonasi 
bo‘lmagan qishloqlar juda oz edi. Poytaxtlar va shaharlar esa o‘rta asrlar tarixida tenggi 
yo‘q darajada kutubxonalar bilan to‘lib-toshgandi. 
Kutubxonalar asosan ikkiga bo‘linardi: umumiy va xususiy. Umumiylariga xalifalar
amirlar, ulamolar va boylar asos solishgandi. Ular uchun maxsus binolar barpo qilinardi. 
Bu binolar ahyonda katta masjid va madrasalar binosiga yonma-yon qurilardi.
Ammo xususiy binolar o‘rtalarini keng zal bog‘lagan bir necha hujradan tashkil 
topardi. Kitoblar devorga mustahkamlangan tokchalarga qo‘yilardi. Har bir xona ilm 
turlaridan biriga xoslanardi. Masalan, fiqh kitoblariga bir xona, tib kitoblariga bir xona
adabiyot kitoblariga yana bir xona va hokazo. Bu binoda yana kitobxonlar uchun xos 
xona, kitoblardan nusxa ko‘chiradigan nussoxlar uchun ham alohida xona bo‘lardi. 
Ba’zilarida musiqaxona ham bo‘lib, unga kitobxonlar dam olish va yangilanish uchun 
kirishardi. Yana ularda izlanish va kitobxonlarning ilmiy munoqasha qilishlari uchun 
alohida joylar mavjud edi. Ularning hammasi po‘rim va rohatijon mebellar bilan 
jihozlangan edi. Ayrimlarida esa kitobxonlar uchun oshxona va g‘ariblar uchun 
yotoqxona ham qurilgandi.


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish