Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
61
keltirib o‘tish kifoya: o‘rta asrlarda Brandenburg shahzodasi aslzodalarni o‘z saroyidagi 
ziyofatga chorlar ekan, taklifnomaga: “Go‘sht yegandan keyin suyakni orqaga otish yo‘q, 
yog‘li og‘izni yeng bilan artish yo‘q, tovoqni ko‘tarib, ostiga tupurish yo‘q”, deb izoh 
yozishga majbur bo‘lgan ekan. Hatto, hozirda g‘arbdagi ko‘pgina o‘lkalarda 
bo‘lganimizda, ovro‘paliklarning jamoat joylarida, hatto, dasturxon ustida bemalol 
ro‘molchaga burun qoqayotganlarini, hammaning ko‘z o‘ngida tish kavlayotganlarini
ovoz chiqarib, betartib ovqatlanishlarini ko‘rib, hayratimiz oshgandi. Bunday misollarni
ko‘plab keltirish mumkin. Ana shularning o‘ziyoq, Islom hazorasi g‘arb hazorasidan 
ancha ilg‘or bo‘lib kelganini isbotlab turibdi. 
K
o‘pincha noxolis g‘arb tarixchilari, hattoki ayrim zamondosh ziyolilarimiz Islom 
dinini ilm-fan, texnika rivojiga beparvo bo‘lganlikda, goho to‘sqinlik qilganlikda 
ayblashga o‘rganib qolishgan. Ba’zilar hatto musulmonlarning bugungi kunda texnika 
taraqqiyotidan orqada qolganining bosh sabablarini ana shunga to‘nkashga urinishadi. 
Aslida shunday bo‘lganmidi? Tarixga xolis nazar, toza vijdon bilan yondoshadigan har 
bir insofli kishi bu da’volarda haqiqat yo‘qligini osongina tushunib oladi. Sababi Islom - 
ilm dini, Payg‘ambar alayhissalomga nozil qilingan ilk vahiy Allohning “O’qi!” degan 
farmoni ilohiyyasi bilan boshlangan. “Ilm” so‘zi Qur’oni karimning 811 joyida turli 
ma’nolar bilan kelgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom beshikdan qabragacha 
ilm izlashni, Chin kabi olis o‘lkada bo‘lsa ham, borib ilm o‘rganishni muslim va 
muslimaga shart qilib qo‘ydilar. O’rta asrlar esa islomiy ilm-fan, texnika eng gullab-
yashnagan, o‘ziga xos Uyg‘onish davri bo‘lgan. Bunga xolis tarix shohidlik berib turibdi. 
Birgina XVI—XVII asrlarda Islom olamida ilmning turli sohalarida 86000 ulamo 
faoliyat ko‘rsatgan. Musulmon dunyosida matbaachilik ayrim iqtisodiy sabablarga ko‘ra, 
g‘arbdan yuz yil ortda qolganiga qaramay, Islom o‘lkalaridagi kutubxonalarda yuz 
minglab jild go‘zal va nodir kitoblar bo‘lgan. Vaholanki, o‘sha paytda Ovro‘pa qirollik 
kutubxonasida 100 jild kitob bor edi, xolos. 
Hattoki, juda ko‘p g‘arb tarixchilarining o‘zlari ham Ovro‘pa ilm-fanni, adabiyotni 
asosan Islom hazorasidan o‘rganganini tan olib yozishadi va o‘sha paytning daho 
ulamolariga minnatdorchilik izhor etishadi. Islom olimlarining Alloh bergan iqtidori, ilm-
fan sohasidagi kashfiyotlari haqiqatan ham dunyo havas qilgulik, hayratda qolgulik 
darajada edi. 
Movarounnahr diyoridan chiqqan Muso Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, 
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi olimlarning nomlari Islom 
hazorasidan tashqariga chiqib, Ovro‘pa ilm-fanida ham o‘chmas iz qoldirdi. Masalan, Al-
Xorazmiy algebra faniga asos soldi, “algebra” istilohi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob 
AL-JABR al-muqobala” risolasidan olingan. Olimning nomi esa “algoritm” shaklida fanda 
abadiy o‘rnashib qoldi. Uning “Zij”i Ovro‘pada ham, Sharqda ham falakshunoslik 
(astronomiya) rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Allomaning arifmetikaga oid risolasi XII 
asrdayoq Ispaniyada seviliyalik Ioann tomonidan qayta ishlanib, shu asosda darslik 
yozilgan. Algebraga doir yana bir risolasi ham 1145 yili Seviliyada Robert Chester 
tomonidan lotinchaga tarjima qilingan. g‘arb olimi J. Sarton o‘zbek olimini “o‘z davrining 
eng buyuk matematigi va agar barcha shart-sharoitlar nazarga olinsa, davrlarning ham 
eng buyuklaridan biri”, deb atagan. 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish