www.ziyouz.com kutubxonasi
312
XATIB (arab. - targ‘ibotchi, notiq) - masjidda juma va hayit namozi paytida xutba
o‘qiydigan, va’z aytadigan ruhoniy. Islom muassasalarida ko‘pincha X. masjid imomi
vazifasini ham bajaradi (imom-xatib deb atalishi shundan).
XATIB BAG’DODIY, to‘liq ismi Abu Bakr Ahmad ibn Aliy ibn Sobit (1001-1071) -
mashhur muhaddis va tarixchilardan biri. Yokut Hamaviy "Mu’jam ul-buldon"da uning
ellik olti ta’lifidan bahs etadi. Kitoblarining ko‘pchiligi hadis ilmiga oiddir. 20 jildli
"Bag‘dod tarixi"dan tashqari "al-Jome’ li-odobir-roviy vas-somi’", "al-Kifoya fi-ma’rifati
usulir-rivoya", "Sharh divon Abi Tammom" kabi asarlari mashhurdir. Xususan, 20 jildli
"Bag‘dod tarixi"ni alohida qayd etish lozim. Sharqshunos Salmon Parijda bu tarix haqida
300 sahifadan iborat bir bag‘ishlov nashr etgan. Ko‘pgana sharxlar ham bitilgan.
Vafotidan avval barcha kitoblarini vaqf etgan, boyligini xayr yo‘lida ilm va hadis bilan
mashg‘ul bo‘lganlarga bo‘lib bergan
Do'stlaringiz bilan baham: |