www.ziyouz.com kutubxonasi
11
olmagan. A.M. isyonchini tor-mor keltirgan (754 y.noyab.) va katta o‘ljani qo‘lga
tushirgan. Mansur o‘ljani talab qiladi, bundan g‘azablangan A.M. Xurosonga qaytgan.
Biroq xalifa uni yo‘ldan qoldirib Madoyin sh.ga muzokaraga chaqirtirib keltirishga
erishgan. A.M. shu yerda 755 y. 12 fev. (yoxud 27 yanv.)da xalifa qabulida bo‘lgan
chogida o‘ldirilgan. Sakkiz yillik faol diniy-siyosiy faoliyati davrida A.M. "ashaddiy"
shialar ta’limotiga yoki imomatlikka yaqinlashmagan bo‘lsa ham uning o‘limi zamonaviy
mazdakiylar, shialarning bir qancha qo‘zg‘olonlarini keltirib chiqargan. "Ashaddiy"
shialarning ayrim firqalari uni imom deb e’lon qilgan, abumuslimiya firqasi paydo
bo‘lgan. Bularning so‘nggi aks-sadosi Muqanna qo‘zg‘oloni hisoblanadi. A.M. haqida
Marvda udum bo‘lgan rivoyat, afsonalar keyinchalik fors tilida (uning turkiycha varianti
ham bor) yozilgan xalq romani - "Qissai Abu Muslim" (o‘zbekcha "Abu Muslim
jangnomasi")ga asos bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |