ABU ISO TERMIZIY - q. Termiziy Abu Iso.
ABU LAYS SAMARQANDIY, to‘liq ismi Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn
Ibrohim as-Samarqandiy (? - 1003) -faqih, mufassir. "Al-Faqih" va "Imomul-xudo"
nomlari bilan tanilgan. Samarqand shayxulislomi. Hikmatli so‘zlari bilan islom olamida
shuhrat qozongan. "Xizonat ul-fiqh" ("Fiqh xazinasi"), "Bo‘ston ul-orifin" ("Oriflar
bo‘stoni"), "Tanbihul-g‘ofilin" ("G’ofillarga tanbeh") va b. asarlar yozgan. Qur’on tafsiriga
bag‘ishlangan mashhur "Bahrul-ulum" ("Ilmlar dengizi") asarining ikkita qo‘lyozma
nusxasi saqlanib qolgan. Ularning biri Misr Arab Respublikasi kutubxonasida, ikkinchisi
Buyuk Britaniyaning Edinburg sh. kutubxonasidadir. Hozirda mazkur tafsir nashr etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |