ZAYD ibn SOBIT, Abu Xorija (Abu Said) Zayd ibn Sobit ibn az- Zahhok al-Ansoriy al-
Xazrajiy (taxm. 615 - taxm. 665) -Muhammad (sav)ning kotibi, Qur’on yozma matni
tuzuvchisi. Xazraj qabilasidan. 11 yoshida islomga kirgan va Muhammad (sav) huzurida
Qur’onni o‘rgangan. Sahobalarning yetuk namoyandalaridan biriga aylangan. Oromiy
(suryoniy) hamda yahudiylar xati (yozuvi) va tilini bilgan. Muhammad (sav) vafotidan
so‘ng xalifa Abu Bakr as-Siddiq (ra) unga Qur’on matnini jam qilishni buyurgan. Xalifa
Usmon ibn Affon (ra) davrida (650 y.dan so‘ng) unga uch makkalik (Abdulloh ibn az-
Zubayr, Sa’d ibn al-Asom, Abdurahmon ibn al-Horis) bilan birga Qur’onning rasmiy
yozma matnini tuzish topshirilgan. Tuzilgan bu to‘plam "Mushaf", "Usmon mushafi" nomi
bilan yuritilgan. Uni xalifa Usmon (ra) birdan-bir to‘g‘ri va barcha musulmonlar o‘qishi
uchun majburiy matn, deb e’lon qilgan. Undan farq qiladigan to‘plamlarning barchasini
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |