www.ziyouz.com kutubxonasi
296
jarayonga "chilla" deyilgan. Din va tasavvufda hayotni batamom xilvatda o‘tkazish
lozimligi zinhor targ‘ib etilmagan. Tasavvufga ko‘ra, U. hayotdan qochish, kundalik
turmushdan ajralib yashash, odamlardan bezish ehtiyojimas, balki ma’lum muddat ruhiy
kamolotga erishib, yana faoliyatni davom ettirishdir.
ULAMO (arab. - olim so‘zining ko‘pligi -bilimdon) - islom ilohiyotchilari va huquqshunos
(faqih)lari, shuningdek, diniy muassasalarga, sud (qozilik) mahkamalariga, o‘quv
yurtlariga mutasaddi bo‘lgan barcha islom dini olimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |