SAFAVIYA - so’fiy-darvishlik tariqati. 13-a. oxirida Eron Ozarbayjonida paydo bo‘lgan.
Asoschisi - shayx Safiy ud-din Ishoq (1252-1334). S. dastlab o‘z tarafdorlarini hukmdor-
larning jabr-zulmlaridan himoya qiladigan diniy jamoa sifatida shakllangan. 15-a.da S.
rahbarlari Ardabil hukmdorlariga, S. esa ular hokimiyatining tayanchiga aylandi.
Qizilboshlar S. shayxlarining harbiy tayanchi bo‘lgan. S. tarafdorlari shialikdan
mafkuraviy kurol sifatida foydalangan. 1499 y. Ismoil I (1487-1524) boshchiligida S.
tarafdorlarining Oq Qo‘yunli davlatiga qarshi harakatlari g‘alaba qilgandan so‘ng
safaviylar davlati (1502-1736 yillar) tashkil topdi, shialik bu davlatning rasmiy dini deb
e’lon qilindi. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron,
hozirgi Afg‘oniston (Balx viloyatidan tashqari), Iroq Arabistoni (vaqt-vaqti bilan) va b.
kirgan edi. Bu davlat Usmonli turk imperiyasi va o‘zbek xonlari bilan uzluksiz urush olib
borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |