ISHOQ (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri; Ibrohim (as)ning Sora
ismli ayolidan tug‘ilgan o‘g‘li. "Bani Isroil" qavmining barcha payg‘ambarlari I. (as)
avlodidandir. Rivoyatga ko‘ra, yoshi 90 ga yetgan Sora I.(as)ga homilador bo‘ladi va u
tug‘ilgach, unga "Yashak" (arabcha "yazxak" - "kuladi" ma’nosida) deb nom qo‘yadi.
Bunday nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand ko‘rganini
eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. I. (as) voyaga yetgach, Rifqa nomli
qizga uylanadi va undan egazak farzand ko‘radi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat
qilinishicha, I.(as) 180 yil umr ko‘rgan, Madinatul Xalilga dafn etilgan. I.(as) haqida
Soffot surasi 112-113-oyatlarda va Sod surasi 45-47-oyatlarda bayon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |