Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Download 220,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/51
Sana11.03.2022
Hajmi220,42 Kb.
#489576
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Bog'liq
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)

BO‘RONDAN O‘N BESH DAQIQA AVVAL 
Professor Ziyo xabarlarning qolgan qismini o‘qishga ulgurmadi, uchuvchilar xonasining eshigi 
ochilib, styuardessa qiz ko‘rindi, u jilmaygancha hammadan kamarlarni bog‘lashlarini iltimos qildi, 
so‘ng esa havo yostiqchalaridan qanday foydalanish, halokat chog‘ida o‘zini qanday tutish haqida 
tavsiyalar berdi.
Professor betoqatlanib, qizdan nima gapligini so‘radi. 
– Bo‘ron yaqinlashib kelyapti, – deb javob berdi qiz. – Lekin uchuvchilarimiz mahoratli, ozgina 
yoqimsiz chayqalishlardan boshqa hech qanday bezovtalik sezmaysiz, janob. 
Professor unga jilmayib bosh irg‘adi-da, darchadan qaradi. 
Uchoq ummondan o‘tib, materik hududiga kirgan edi. Pastda siyrak tuman bo‘lgani bois hech 
nimani ko‘rib bo‘lmasdi. Uchoq kanotlaridagi qudratli motorlarning bir maromda ishlashi unga 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
41
ishonch baxsh etdi. Lekin, ufqda allaqanday tushunarsiz bulut paydo bo‘lgan, u nima sababdandir 
qizg‘imtir-sarg‘ish tusda bo‘lib, boz ustiga, shitob bilan yoyilib bormoqda edi. 
* * * 
Havoning turli ta’sirlari natijasida efirda paydo bo‘layotgan shitirlashlar va shovqin aro to‘satdan 
«Vahshiy» yana aloqaga chiqdi: 
– «Fir’avn», men «Maxes». Nishonni ko‘ryapman.
– «Maxes», sizni tushundim. Nishon yo‘nalishini va tezligini bildiring.
– «Fir’avn», u janubiy yo‘nalishda harakatlanmoqda, masofa besh mil.
– «Maxes», maxsus tizimni yoqing.
– Tushunarli.
– «Maxes», nishonni kuzatyapsizmi?
– Ha, kuzatuvda.
– Tushunarli, rakurs ikki taqsim to‘rt!
– Sizni tushundim. Orqa tomondan yaqinlashmoqdamiz.
– Yonilg‘i miqdori? 
– Uch tonna. 
– Tushunarli, yo‘nalish o‘ngga ikki yuz yigirma! Nishongacha masofani bildiring.
– Masofa uch yarim mil. 
Nishon – 
baland bo‘yli, yosh va zabardast, yalangoyoq bir yigit
bo‘lib, u boshini eggancha 
kunbotar
tomonga ketib bormoqdaydi. Ketma-ket boshqa harbiy uchoqlar ham uni payqadilar, ular 
ham o‘z markazlaridan shunday buyruq olganlariga shubha yo‘q edi – barcha tizimlarini jangovar 
holatga keltirgancha tezliklarini oshirib, nishon ketib borayotgan joy sari yo‘naldilar. 
Bu orada «Vahshiy» bilan radioaloqa davom etmoqda edi: 
– «Maxes», men – «Fir’avn», nishonni ko‘ryapsizmi?
– Ko‘ryapman, mo‘ljalda tutib turibmiz.
– «Maxes», nishon yo‘nalishini bildiring. 
– Nishon o‘sha yo‘nalishda harakatlanmoqda, kunbotarga ketib bormoqda.
– Ikki milgacha yaqinlashing.
– Tushunarli.
– «Maxes», men – «Fir’avn», o‘t ochishga hozirlik ko‘rilsin, tayyor turing.
– Tushunarli. Forsajga ruxsat bering.
– Forsaj faqat buyruq bilan!
– ... «Maxes», nishonni «ushlab» turibsizmi?
– «Nishonni tutgan holda» uchib boryapmiz.
– «Maxes», yonilg‘i miqdorini bildiring. 
– Yonilg‘i – ikkiyu yetti. 
– Sizni tushundim... Nishon yo‘q qilinsin!
– Takrorlang!
– «Maxes», nishon yo‘q qilinsin!
– «Fir’avn», unga yaqinroq borish kerak! Nishonni tutish tizimini o‘chirib, yaqinlashmoqdamiz.
– Zambaraklardan ketma-ket o‘t oching!
– Nishonni tutish tizimidan chiqdik, zambaraklardan ketma-ket o‘t ochamiz!


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Download 220,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish