Microsoft Word isajon sulton boqiy darbadar lotin ziyouz com doc



Download 220,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/51
Sana11.03.2022
Hajmi220,42 Kb.
#489576
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Bog'liq
Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
27
Butun shu tarixning ruhimda jo‘sh urishini, tomirimda qon bo‘lib oqishini, yuragimni, 
hujayralarimni ana shu qon to‘ldirishini xohlayman. 
Otajon, bu bilimlarni egallab, o‘sha bilimlar sari chuqur ketmoqchi emasman, balki shularning 
hammasini o‘rganib, yana millatimga va vatanimga xizmat qilmoqchiman. Zero, o‘zingiz bolaligimdan 
kulog‘imga quyganingizday, to yorug‘ dunyoda ekanman, quvonchimu armonlarimni, baxtu 
saodatimni shu aziz xalqimu millatim bilan, ko‘zimni ochganimdan beri amal qilib kelayotganim 
tutumlariyu urf odatlari, odobiyu tarbiyasi bilan bitta menga emas, butun olamga minglab darslar 
bergan mana shu oddiy va samimiy kishilar bilan baham ko‘rib, ularga xokisorlik bilan bosh 
egmoqchiman, duolarini olmoqchiman. Muborak zotlar erishgan hikmat qopqalari xalqimning duosiyu 
Tangrimning mustajobi tufayli ochilishiga aminman. 
Chuqur o‘ylab ko‘rsam, ildizlar degan gapning ma’nisiga aqlim yetayotganday. Nazarimda 
dilimning ildizlari shu yer osti buloqlariga bog‘lab qo‘yilganday, uzilsa quriydigandek.
Siz imkoningiz bo‘lsa yoz oylarida kelishingizni aytgan edingiz. Hozircha yozni intiqlik bilan 
kutyapman. Kelganingizda fursat topsangiz, dilimda o‘ylab yurgan gaplarimni sizga to‘kib solsam... 
agar xato qilayotgan bo‘lsam, otalik va murabbiylik marhamatingiz bilan to‘g‘ri yo‘llarni 
ko‘rsatsangiz, mabodo o‘ylarim ma’qul bo‘lsa, menga oq fotiha bersangizu duoingizni olsam, deb 
intizorman... 
 
TIMSOLLAR CHARXPALAGI 
Professor Ziyo kompyuterni o‘chirib, uzoq o‘yga toldi. 
Yuragi unga o‘g‘lining haq ekanini, butun olam ilgarilab borayotgan turli-tuman yo‘llar orasida 
o‘g‘lining tutgan yo‘li aniqroq va haqiqatga yaqinroq ekanini sezdirib turardi. 
Kimlardir «inson bolasiga butun yer yuzi vatan qilib berilgan, istagan joyida yashasin, istagan 
joyiga borsin», deb ayyuhannos solayotgan bo‘lsa, o‘g‘il, inson bolasi vatansiz ahamiyat kasb 
etolmasligini bildirmoqda edi. 
Boshqa kimlardir: «qaerda yashash qulay bo‘lsa o‘sha yerga borib yashash kerak», deb da’vo qilsa, 
o‘g‘il, tushunchalarning va ruhning o‘sha yer odamlari ichiga singib yo‘q bo‘lib ketishi xavfini ham 
anglagan edi. 
Biroq, ne ajabki, muqaddas tushunchalar ham turli-tuman bo‘laklarga bo‘lib tashlangan edi! Butun 
olam muvozanat ichida bo‘lgandagina hamma narsa qadr-qimmat kasb etar, muvozanat buzilganida 
qadr-qimmatlar ham o‘zgarib ketmoqdaydi.
Darhaqiqat, odam bolasi dunyoga kelib o‘sib-unadi, yeydi-ichadi, ayyuhannos soladi, kibru 
havoga, g‘ururga ketadi, lekin bir kuni qarabsizki, butun dunyoni alg‘ov-dalg‘ov qilaman degan odam 
hayot sahnasidan sekingina, mute’gina bo‘lib chetga chiqadi, supuriladi. Bir kuni qarasangiz, to‘plagan 
butun sarvatlariyu mulklari uning vujudida o‘sa boshlagan bittagina begona hujayra qarshisida ojiz, 
o‘zi ham o‘sha xastalik changalida mo‘ltirab yotgan bo‘ladi. Tuzalishga hech qanday umid yo‘q, 
dunyoning to‘rt burchida millionlab sog‘lom kishilar hayot zavqini surayotgan bir mahalda bu odam 
qo‘rquv va dahshat ichra joni halak: mabodo... umr tugagan bo‘lsa-ya? 


Isajon Sulton. Boqiy darbadar (roman) 

Download 220,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish